Telefon ko‘rgazmali qurolidan qaysi darsda foydalanish mumkin? *Ona tili va o‘qish darslarida.
Turli materiallar bilan ishlash ish turi qaysi qatorda ko‘rsatilgan? *Applikatsiya va mozaika, loy va plastilin, turli tabiiy materiallar bilan ishlash.
Qog’ozdan maketlar yasaganda nimalarga e’tibor berish kerak? *Qog’ozning rangiga va sifatiga, buklash chiziqlariga, qog’ozning shakliga, to‘g’ri buklashga.
Maketlar yasashda ishlatiladigan ish qurollari va materiallar. *Rangli qog’oz, qaychi, yelim, qalam, chizg’ich, yozuv qog’ozi.
Qog’oz qanday tayyorlanadi? *Yog’och tarkibiga 25% tsellyuloza qo‘shilib tayyorlanadi.
Kartondan tayyorlangan “Sanoq sonlari” ko‘rgazmali quroli qaysi fanda qo‘llaniladi? *Matematika darslarida.
Jismoniy texnologiya nima? *Insonning tana a’zolari orqali ongli ravishda faoliyat ko‘rsatish.
Texnologiya darslarida kartondan nimalar yasaladi? *Ko‘rgazmali qurollar
Texnologiya-bu nima? *Maqsadga yo‘naltirilgan aqliy va jismoniy faoliyat.
Texnologiyaga amaliy tayyorlash qanday amalga oshiriladi? *Asbob va uskunalardan foydalana bilish, materialga ishlov bera olish, xatoni o‘z vaqtida aniqlash va to‘g’irlay olishga o‘rgatish.
Texnologiya o‘qituvchisi darsda nimalarga e’tibor berishi kerak? *Darsni rejalashtirishga, vaqtdan unumli foydalanishga, ko‘rsatmaga amal qilishga, ish joyini to‘g’ri tashkil etishga
Ommaviy ish turlari *Kechalar, konkurslar, musobaqalar, viktorinalar, ekskursiyalar, ko‘rgazmalar.
Texnologiya fanining vazifasi. *Texnologiyaga axloqiy, ruhiy va amaliy tayyorlash.Texnologiyaga muhabbat ruhida, texnologiya madaniyatini, do‘stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni shakllantiradi.
Qo‘l texnologiyaiga o‘rgatishdagi usullar. *Og’zaki bayon qilish, tushuntirish va hikoya qilish, ko‘rgazmalilik, suhbat, mashqlar, amaliy ishlar, laboratoriya ishlari, mustaqil ish, ekskursiya, kitob bilan ishlash, kino (ta’limning texnik vositasi).