Hikoya va tushuntirish metodiga qo‘yiladigan talablar qaysilar? *Mazmunining to‘g’riligi, materialni o‘zini oqlagan izchillikda bayon qilish, aniqlik va isbotlilik, bayonning emotsionalligi, o‘qituvchining nutq madaniyati.
Ko‘rgazmali qo‘llanmalarni namoyish qilish metodi nimalarga asoslanadi? *O‘quvchilarning o‘rganayotgan obyektlarini hodisalar va ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘rgazmali hissiy idrok qilishni ta’minlaydi
Texnologiya ta’limini rejalashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak? *DTS talablariga, o‘quv dasturiga, o‘quv rejaga.
Texnologiya ta’limini rejalashtirishda qanday hujjatlar tuzib chiqiladi? *Texnologiya bo‘yicha yarim yilga yoki 1 yilga mo‘ljallangan kalendar mavzu rejasi.
Texnologiya ta’limi bo‘yicha kalendar mavzuli rejasi dastur asosida qancha muddatga tuzib chiqiladi? *Yarim yilga yoki 1 yilga.
Amaliy darsning so‘ngi bosqichi nima? *Ish o‘rnini tartibga solish.
Berilgan tushunchalarni shakllantirish ketma-ketligi qaysida javobda to‘g’ri ifodalangan? *Tushuncha-bilim-ko‘nikma-malaka
Ta’limdagi og’zaki metodlarni ko‘rsating. *Hikoya, suhbat, tushuntirish metodlari
Ekskursiya tushunchasining javobi qaysi qatorda to‘g’ri ko‘rsatilgan? *Narsa va hodisalarni tabiiy sharoitda yoki maxsus muassasalarda tashkiliy ravishda o‘rganish Ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar uyushtirish
Dars nima? *Bevosita o‘qituvchining rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim mashg’uloti
Metod tushunchasi nimani ifodalaydi? *Tadqiq qilish yoki bilish yo‘li
Ta’lim vositasi nima? *Ma’lum o‘qitish usulini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yordamchi o‘quv materiallari
Boshlang’ich sinflarda texnologiya darslari qanday shaklda olib boriladi? *Amaliy shaklda olib boriladi
Texnologiya ta’limi darslarida ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanishning samarasi nimaga bog’liq? *Ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilish vaqtida ularning barcha o‘quvchilarga yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishini ta’minlash zarur, estetik jihatdan talab darajasida bo‘lishi kerak.