Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash


Tikuvchilik darslarida xavfsizlik texnikasi qoidalari



Yüklə 5,4 Mb.
səhifə3/22
tarix28.11.2023
ölçüsü5,4 Mb.
#169382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1.2.Tikuvchilik darslarida xavfsizlik texnikasi qoidalariXavfsizlik
texnikasi mehnat qilish uchun xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar
tizimidan iborat.Tikuvchilik darslarida mashinalami, dazmollar va qo‘1 asboblarini
ishlatayotganda qo£lga igna kirib ketishi, qo‘lni nimadir kesib olishi, mashinalaming
aylanib turadigan qismlari kiyim yoki soclmi o'rab ketishi, dazmolda biror joy kuyib
qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yuzga tegishi natijasida o£quvchilardan
birontasi jarohatlanib qolishi mumkin. 
Xavfsizlik texnikasi qoidalari shunday noxushliklar yoki baxtsiz hodisalaming
oldini olishga xizmat qiladi. Tikuvchilikda o‘quvchilar uchun bu qo'ldalar asosan
ikki guruhga bo'linadi:
Qo‘l va mashina operatsiyalarda ishlovchilar quyidagilarga ioya qilishi kerak:
-mashinalar, asbob va moslamalarning ishga yaroqliligi Ickshirib turiladi. Ish
boshlashdan oldin ish o‘mi saranjomlab olinadi, mashinada barmoqqa igna kirib
ketishining oldini oladigan saqlagich, yuritgich, tasma to‘sig‘i mashinani ishga
tushirish joylarida izolyatsiya g‘iloflari bor yo‘qligi tekshiriladi va hokazo;
-elektr simlariga ip, latta, simchalar osmaslik lozim, aks holda (|isqa tutashuv yuz
berishi mumkin. Simlarda nuqson sezilsa, darhol elektromantyorga xabar berish,
ochilib qolgan simlarga qo‘1 tcgizmaslik kerak;
-narsalami ishlayotgan mashina ustidan uzatish mumkin emas; -elektr dvigatelini
o£chirmasdan mashinaga moy surish, uni lozalash, mashina shkiviga tasma kiydirish
man etiladi;
-ish o‘mida asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va iplar mashinaning aylanayotgan
qismlari yoniga qo‘yilmasligi kerak;
-ish 0‘rmlari orasidagi yo‘lni to‘sib qo'ymaslik kerak.
Dazmol bilan ishlaganda quyidagilarga rioya qilish kerak:
-elektr dazmolda ish boshlashdan oldin shnur izolatsiyasi tekshirib ko‘rilishi kerak.

10
-dazmol, shtepsel rozetkasi, vilkaning tok o‘tkazuvchi qismlariga qo‘1 tekizish


mumkin emas;
-dazmolning sozligiga ahamiyat berish zarur (korpusda qisqa tutashuv bo‘Isa,
ishlayotganda qo‘lga salgina igna sanchilganday bo‘ladi); ishlayotganda shnur
dazmolga tegib tunnasligi kerak.
O’quv xonasi sanitariya-gigiyena talablari, mehnat va xavfsizlik texnikasi
qoidalari talablariga javob berish kerak.Mashg'ulot boshlanishidan oldin o'quv
xonani yoki ishlab chiqish uchun mo'ljallangan xonani ko'zdan kechirish lozim.
Xonaning xarorati 19-21°C bo’lishi lozim. Xona o’z vaqtida shamollatib turiladi.
Xonaning xavosi deraza, eshik orqali hamda mexanik usulda vintelatordan
foydalanib, tozalanishi lozim. Bundan tashqari, qish faslida xonani maxsus isitish
tarmoqlari yordamida isitish lozim.Sex havosining harorati yuqori bo’lganda qon
tomirlari kengayib, teriga qon me’yoridan ko’p kela boshlaydi va atrof muhitga
issiqlik uzatish bir muncha ko’payadi. Shuning uchun issiq sexlarda sal sho’rlangan
gaz suvlari beriladi. Sexlardagi havo harorati pasayganda, qon tomirlari torayib,
teriga qonning kelishi susayadi va tanada tashqi muhitga issiqlik berishi kamayadi.
Kishi o’zini yaxshi his qilishi uchun harorat nisbiy namlik va havo harakati tezligi
uyg’un bo’lishi zarur. Odamlar bino ichida uzoq vaqt bo’lganlarida bino havosi
og’irlashadi. Shuning uchun binoni shamollatib, havosini almashtirib, iflos havoni
chiqarib, tozasini kiritish zarurati tug’iladi. Sex havosini shamollatish tabiiy va
mexanik bo’ladi. Mexanik shamollatish vintelyator va konditsionerlar bilan amalga
oshiriladi. Agar havoni almashtirish fortochka, deraza yoki devor teshiklari orqali
amalga oshirilsa, tabiiy shamollatish deyiladi. Ishlab chiqarish jarayonida sexlarda
chang ajralib kishi bunday havodan nafas olganda yuqori nafas yo’llari qichiydi va
kishi o’zi hohlamagan holda yuzaki nafas oladi. Bu esa o’pka faoliyatiga salbiy ta’sir
qiladi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Chang, ko’z shilliq pardalarini
qichittirib konyuektivit kasalligini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari chang
zarrachalari tuberklyoz tayoqchalarini va zaruriy bakteriyalarni tashuvchi vositadir.
U lampalar ustiga o’tirib, tsexdagi yorug’likni kamaytiradi. Bu esa ishchilar

11
faoliyatiga va sog’ligiga ta’sir qiladi. Sexdan shamollatish sistemasi orqali so’rib


olingan havo atmosferaga chiqarib yuborishdan oldin zararli moddalardan
tozalanadi. Retsirkulyatsiya uchun sexga qayta yuboriladigan havo zararli
moddalarning miqdori 0,3 YKBK dan oshmasligi kerak. Odatda xona tabiiy va
sun'iy ravishda yoritilishi, va yorug'lik chap tarafda tushishi kerak. Yoritish yaxshi
bo’lmasa, mexnat qobilyati pasayadi, ko’z toliqadi va shikastlanishi mumkin.
O’quvchilarning mexnat qobilyatlari yanada yaxshi bo’lishi uchun xonalarni quyosh
tushishiga qarab och ranglarga bo’yash kerak. Ish joylarni yoniga o’ziga mos
bo’lgan maxnat xavfsizligi qoidalari osib qo’yiladi. Xonada birinchi yordam
ko’rsatishda zarur bo’ladigan dori quti, albatta, bo’lishi kerak. Dori qutisi yonida
eng yaqin davolash maskanining manzili va unga borish chizmasi osib qo’yilgan
bo’lishi kerak.
Xavfsizlik qoidalari mehnat jarayonida xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan
chora-tadbirlar tizimidan iborat. Tikuvchilik darslarida mashinalarda, dazmollar va
qo’l asboblarini ishlatayotganda qo’lga igna kirib ketishi, qo’lni nimadir kesib olishi,
mashinalarning aylanib turadigan qismlari kiyim yoki sochni o’rab ketishi,
dazmolda biror joy kuyib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yuzga tegishi va
hokazo
natijasida
o’quvchilardan
birontasi
jarohatlanib
qolishi
mumkin.Tashqaridan kiyim tikish xavfsiz ko'rinishi mumkin. Ammo bu unday
emas, igna, to'g'nag'ich (bulafka) yoki qaychi bilan beparvolik bilan muomala qilish
jarohatlarga olib kelishi mumkin va elektr tikuv mashinasi murakkab va xavfli
qurilmadir. Shu sababli, korxonada, uyda yoki maktabda texnologiya darslarida
tikishda xavfsizlik choralariga rioya qilish kerak. Bu jarohatlar va baxtsiz
hodisalardan saqlanish, shuningdek ishchilar sog'lig'ini saqlashga yordam beradi.
Noto'g'ri tashkillashtirilgan ish maydoni tufayli siz noto'g'ri joyda qoldirilgan
ochiq qaychi, igna bilan o'zingizga shikast yetkazishingiz va yaqin atrofdagi
dazmolda kuyishingiz mumkin. Bundan tashqari, xavf nafaqat xodimning o'ziga,
balki uni o'rab turganlarga ham tahdid solishi mumkin. Igna yoki pin ustiga
urinayotganda polga tushgan yoki kiyimda qoldirilgan o'tkir narsalar jarohat

12
yetkazishi mumkin.Ignalarni yo'qotish ayniqsa xavflidir. Agar ish joyi to'g'ri tashkil


etilmagan bo'lsa, tikuvchi bunday ob'ekt tushib qolganini sezmasligi
mumkin.Yerdagi ignani ko'rish qiyin, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumumk.
Gigiyеna qoidalari ham juda muhimdir. Ular ish joyini qanday yoqish kerakligini,
qancha soat ishlashingiz mumkinligini aniqlaydilar. Bu ortiqcha ishlamaslik va
e'tiborsizlikdan qochishga yordam beradi.Ammo asosiy talab xavfsizlik qoidalariga
rioya qilishdir. Ishlayotganda siz nihoyatda ehtiyotkor bo'lishingiz kerak. Ishga
kirishishdan oldin, ish xalati yoki fartuk kiyishingiz kerak.
Sochlar ro'mol ostida yashiringan bo'lishi kerak. Ish joyida tartib bo'lishi
kerak, barcha asboblar o'z joylariga qo'yilgan, igna va pinalar maxsus qutilarga
solingan bo'lishi lozim. Barcha keraksiz narsalarni olib tashlashimiz kerak.Qo'pol
yoki to'mtoq ignalar bilan ishlamang, chunki ular matoni yaxshi teshmaydi.
Asboblardan aniq maqsadlari uchun foydalaning. Ipni tishingiz bilan tishlamang, uni
qo'lingiz bilan uzmang. Mato qoldiqlarini, chiqindilarni, singan asboblarni yеrga
tashlamang. Sinfda yoki ishlab chiqarishda ishlaganda, sumkalar va boshqa narsalar
yo'lakda qoldirilmasligi kerak. Texnologiya darsidagi o'quvchilar faqat o'qituvchi
ruxsat bergan harakatlarni bajarishlari kerak. 16 yoshdan oshgan bolalarga mustaqil
ravishda ishlashga ruxsat beriladi va faqat batafsil ko'rsatmalardan so'ngi xavfsizlik
qoidalari shunday noxushliklar yoki baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat
qiladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida odamga ko’pincha past va yuqori harorat,
kuchli issiqlik nurlari, chang, titrashlar (vibratsiya), elektromagnit to’lqinlari, zaharli
ximiyaviy moddalar, shovqin va boshqalar ta’sir ko’rsatadi: bular kishi sog’ligining
buzilishiga va ish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Bunday noxush
ta’sirotlar va ulardan kelib chiqadigan asoratlarning oldini olish uchun ishchilar
sog’ligi, shuningdek sanitariya-texnika moslamalari va qurilmalarining holati,
sanitariya-maishiy jihozlar, individual himoya vositalari sinchiklab tekshiriladi.

Yüklə 5,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin