1.Sanoat mashinasi va jihozlarini ta’mirlash, texnik xizmat ko’rsatish va ulardan
foydalanish. T.Umarov, A.M.Mamadjanova 2013.y
2.Yengil sanoat jihozlarini paxtaligi fan dasturi. F.U. Umarov Bux.2012.y
3.Tikuv buyumlarini ishlab chiqish jihozlari. Q.T. Olimov, D.A. Sadullayeva,
G.Sh.Tursunov.
Saytlar:
1.ZiyoNet
2.Kitobxon.com
3.Vikipediya.uz
I.BOB AYOLLAR KIYIMLARI TO’G’RISIDA MA’LIMOT O‘zbekcha kiyimning ko‘p asrli boy tarixi bor. Unda xalqimizning o‘tmishi, iqlim sharoitimiz, turmush tarzimiz ko‘zguda aks etgandek ifoda topgan. A.Makedonskiy yurishlari, mo‘g‘ullar bosqinchiligi, Temuriylar yurishlari va xukmronligi, nihoyat, mustabidlik davri – bularning hammasi kiyimda o‘z aksini topdi.
Antik dunyo davrida (miloddan avvalgi IV asrdan milodning IV asrigacha) ayollar ko‘ylagi yunoncha xitonga o‘xshash, lekin o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lar edi: old va ort bo‘laklar etagining yon burchaklari o‘zaro biriktirilib, bu faqat antik sharq uchungina xos bo‘lgan muayyan drapirovka ko‘rinishi hosil bo‘lib turardi. Ayollarga u paytlarda lozim kiyish odat edi. Bosh kiyim, sochni turmaklash shakllari har xil bo‘lardi. Tillaqoshlar, shokilalar, jevaklar, bilakuzuklar taqilardi.
Ilk o‘rta asrlar davrida (V-VIII asrlar) ayollar gavdaga juda yopishib turadigan tunukasimon bichimli ko‘ylak va faqat chap tomon qaytarmali, ko‘ndalang taxlamalar ichiga kiritib qo‘yiladigan uzun yenglari bor tunukasimon ust kiyimda yurishardi. Kiyimni yorqin gulli va sernaqsh shoyi gazlamalardan tikishar edi. Sochlarini silliq tarab, chekka qismini quloqlar ustidan ularga yopishtirib o‘tkazib, soch o‘rimiga qo‘shib qo‘yishar, zargarlik buyumlaridan juda xilma-xil taqinchoqlar taqishar edi.
1.1-rasm. O‘zbek milliy kiyimlari Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrida (IX-XIV asrlar) ayollar ikkita ko‘ylak kiyishardi: ich ko‘ylak gavdaga juda yopishib turadigan tunukasimon bichimli, uzun, tor yengli, ko‘krak qismida vertikal kesimi bor bo‘lsa, ust ko‘ylak ham gavdaga juda yopishib turadigan, beldan past qismi tugmasiz ochiq, yenglari kalta-kalta bo‘lardi. Ko‘ylaklar ip gazlamadan va shoyi gazlamadan sernaqsh qilib tikilardi. U davr kiyimi haqidagi ma’lumotni odam rasmini chizish man etilmagan vaqtlarda tuzilib, bizgacha yetib kelgan ajoyib kitob miniatyurasidan olishimiz mumkin. U vaqtlarda ayollar yuzlarini bekitmay yoki yuzlarining pastki qisminigina doka ro‘mol bilan bekitib yurardilar.
Oʻzbek milliy kiyimi — Oʻzbek xalqining milliy oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi qadimgi davrlarda yaratilgan va hozirgi kunlarda foydalaniladigan, madaniyati va tarixi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan kiyimlar. Har bir mintaqa uchun oʻziga xos farq va xususiyatlar mavjud.
O‘zbek milliy libosiga ayollar uchun-zar chopon, doppi va atlas erkaklar uchun-do‘ppi, chopon, belbog‘ va yaxtak kiradi. O‘zbek milliy libosi jahonda o‘z o‘rniga ega. Masalan dunyoning turli joylaridan kelgan mexmonlar O‘zbekistoni milliy libosi va madaniyatiga katta baxo berishyapti. O‘zbek milliy libosi va madaniyati o‘zgacha jozibadordir. Milliy libosimiz Sovet ittifoqi davrida kasitilgan bo‘lsada mustaqillikdan so‘ng libosimizga e’tibor kuchaydi va yuksaldi. Hozirda o‘zbek tikuvchilari chet mamlakatlarga borib ularga o‘zbek libosini o‘ziga hos jihatlarini namoyon qilishmoqda. O‘zbekistonga maxmon bo‘lib kelgan sayohatchilar vatanimizni tarixiy obidalarini, memorchilik san’atini, milliy urf-odatlarimizni va katta qiziqish bilan e’tibor beradilar. Ular mustaqillik bayramini, navro‘zni, hosil bayramini va o‘zbekona to‘ylarni guvohi bo‘ladilar. Estalik sifatida atlas, do‘ppi, belbog‘, chopon va boshqa memorchilik uslubida yasalgan estalik sovg‘alarini olib ketadilar.
Do‘ppi Do‘ppi-O‘zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Do‘ppi asosan baxmal,ipak,zar bilan tikiladi. O‘zbekiston Chust, Toshkent ,Samarqad, Buxoro, Boysun, Shahrisabz do‘ppilari mashxur.Ayniqsa, Chust do‘ppilari keng tarqalgan bo‘lib, O‘zbekistoning deyarli hamma viloyatlarida tayyorlanadi.