Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash



Yüklə 5,4 Mb.
səhifə2/22
tarix28.11.2023
ölçüsü5,4 Mb.
#169382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Kurs ishining vazifasi: 
1. Erkaklar shimi bo’yicha umumiy ma’lumot
2. Erkaklar shimini eskizini tayyorlash va modellashtirish
3.Tikish texnologiyasi
Kurs ishining maqsadi: Erkaklar shimini eskizini loyihalshni o’rganish
Kurs ishining tuzilishi:Kirish, 2 ta bob Xulosa, Foydalanilgan adabiyotlardan
iborat,Ilovalar

6
I-bob.Tikuvchilik ustaxonalarida ish o’rni va xavfsizlik texnikasi 


1.1.Tikuvchilik ustaxonalarida ish o’rnini tashkil qilish
Tikuvchilik ustaxonalari keng, yorug‘, quruq va ozoda bo'lishi kerak. Devor va
mebellaming rangi katta gigiyenik va pedagogik ahamiyatga ega. Shuning uchun
devorlar och, sokin ranglarga bo'yalishi lozim. Ustaxona tabiiy va sun’iy jihatdan
yaxshi yoritilgan bo'lishi kerak.
Ustaxonalar ikki kishilik tukuv stollari, yozuv taxtasi, magnitli taxta, kerakli
miqdorda tikuv mashinalari va qo'l ishlarini bajarish uchun ish stollari, bichish
stollari va manekenlar bilan jihozlanadi.
O'tirish uchun imkon boricha baland-pastligi rostlanadigan vintli o'rindiqlar
qo'yiladi.
Tikuv ustaxonasida kuzgi va qishki kiyim ilgichlar bilan jihozlangan kiyim qo'yish
xonasi bo'lishi kerak. Tikuv buyumlarini namlab-isitib ishlov berish uchun dazmol,
dazmol taxtasi, dazmol tagliklari bilan jihozlangan alohida joy ajratiladi.
Asbob-uskunalar, jihozlar, ko'rgazmali qo'llanmalar, ish namunalari maxsus
shkaflarda saqlanadi.
Ustaxonada birinchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan dori- darmonlar
bilan ta’minlangan dori qutichasi bo'lishi zarur.
Tikuv ustaxonalarida quyidagi ko‘rsatmalar ko‘ririadigan joylarga osib qo‘yiladi.
Tikuv ustaxonasining ichJki tartib -qoidalari.
Xavfsizlik texnikasi qoidalari.
Mehnat, hunar haqida hikmatli so'zlar.
Maxsus adabiyotlar, albomlar joylashtirilgan javon.
Ish namunalari boiishi shart.

7
Tikuvchilik ustaxonasini jihozlash, ish o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etish, xavfsizlik


texnikasi, sanitariya-gigiyena qoidalariga va estetik talablarga mos ravishda
bajarilganda mehnat ko‘nikmalarini shakllantirishga, mehnatga to‘gri munosabatni
va mehnat madaniyatini tarbiyalashga imkon yaratiladi.
Mashinada bajariladigan ish o‘mi, ish stoli va uning qopqog‘i yog‘iga o‘matilgan
mashina bosh qismi bilan jihozlangan. Ish stolini ikkita tayanch ushlab turadi.
Tikuvchining mashina oldida to‘g‘ri o‘tirishi, ish usullarini o'zlashtirib olishi mehnat
unumdorligini oshirishga imkon beradi. Tikuvchining gavdasi oldinga sal engashib
turishi kerak. Tikilayotgan buyum tikuvchining ko‘zidan 30-40 sm nari turishi,
tikuvchining tirsaklari esa stol qopqog‘i bilan bir xil balandlikda bo‘lishi kerak.
Stulning balandligini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Odatda, o‘tirg‘ich
balandligini rostlash mumkin boTgan burama stullar ishlatiladi. Tikuvchi mashina
bosh qismining ro‘parasida o‘tirishi, lining ikkala oyog£i pedal ustida turishi lozim.
0‘ng oyoq kaftini sal oldinroq qo‘yish kerak, bunda mashinani asosan o‘ng oyoqda
yurgizib, chap oyoqda to‘xtatiladi. Zo‘riqish ham ikki oyoqqa bir xilda taqsimlanib,
mashinada ishlash birmuncha osonlashadi. Tikilayotganda tepkini ko‘tarish uchirn
tizza richagi bosiladi, u o‘ng oyoq tizzasi balandligida boiishi kerak

8
1- rasm. Mashinada bajariladigan ishlar uchun ish oinini tashkil etish


Mashinada bajariladigan ishlar uchun moijallangan ish o‘mi individual elektr
yuritmali stol, o‘rindig‘i rostlanadigan vintli stul bilan jihozlanadi. Stolga tikuv
mashinasining bosh qismi o‘matiladi, zarur asbob uskunalar qo‘yiladi.
Ish o‘mida alohida yoritgich tarzidagi yoki mashina korpusiga o‘rnatilgan mahalliy
chiroq bo‘lishi lozim. Tepkini oyoq bilan ko‘tarish uchun stol qopqogi tagiga tirsakli
richag o‘matiladi. Stol sirti silliq boiishi kerak. Naychaga ip o‘rash uchun stolga
maxsus jihoz mahkamlanadi.
Stolda ishlov beriladigan detallar hamda mazkur texnologik operatsiyani
bajarish uchun zarur boigan asbob, moslamalargina turadi. Ish oxirida ish
o'rniniyaxshilab tozalash, ishlayotgan detallami shkafga qo‘yish, asbob va
moslamalarni stol tortmasiga solish kerak. Ish oini to‘g‘ri tashkil qilinganda mehnat
unumdorligi oshadi va mahsulot sifati yaxshilanadi.
2-rasm. Tikuvchilik ustaxonalarida ish o'rinlari

9


Yüklə 5,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin