Yangi paxta tozalash mashinasini yaratish tartibi Yangi paxta tozalash mashinasini yaratish jarayoni ikki asosiy qismdan iborat bo‘ladi: loyihalash, hamdayangi mashinaning tajribaviy sanoat nusxasini tayyorlab, uni sinash. Yangi mashinalami yaratishning ko‘p yillik tajribasi asosida mashinani loyihalashning quyidagi besh bosqichdan iborat tartibi vujudga kelgan va standartlashtirilgan:
Texnik topshiriq,
Texnik taklif va mulohazalar.
Eskiz loyiha.
Texnik loyiha.
Ishchi loyiha (Ishchi hujjatlar).
Texnik topsfuriq. Bu mashina yaratishning dastlabki bosqichi bo ‘ lib, ilmiy tekshirish muassasalari, konstruktorlik va loyihalash tashki lotlari tomonidan aloqador oliy o‘quv yurtlarining olimlari, mashinasozlik va paxta tozalash korxonalarining yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda tuziladi. Texnik topshiriq loyihalanayotgan mashinaga qo‘yiladigan asosiy talablarni, uning texnologik va texnik parametrlar bo‘yicha erishishi kerak bo‘lgan ko‘rsatkichlarini quyidagicha umumlashtiradi: mashina nimaga mo'ljallanganligi, qo‘llash sohasi, qaysi mashina o‘miga yoki qanday yangi jarayonni amalga oshirish uchun qo‘llanishi, qaysi ilmiy tadqiqot ishi va tajriba - konstruktorlik ishlanmalari asos qilib olinishi, yangi mashinani ishlab chiqarishda qo‘llashnmg texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari, qo‘shimcha va maxsus talablar, loyihalash muddatlari, tajriba nusxasini tayyorlash va sinash muddatlari.
Texnik ta klif va mulohazalar.
Texnik topshiriqni manfaatdor tomonlar kelishilgan holda tasdiqlaganlaridan keyingi texnik taklif va mulohazalar butunlay yangi texnologiyani amalga oshiradigan va murakkab tuzilishdagi mashinalar uchun majburiy bo‘lib, mukammallashtiriladigan va ko‘pchilik nisbatan sodda tuzilishdagi paxta tozalash mashinalari uchun majburiy emas. Bunday holda bevosita eskiz loyihalashga o‘tiladi, Eskiz loyihalash Bu davrda awalo, mazkur mashinani yaratishning texnik imkoniyati va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi anqlanadi. Bu davrda mashinaning keyinchalik texnik loyiha chizmalariga asos bo‘ladigan umumiy ko‘rinish chizmalari bajariladi. Eskiz loyiha asosiy paxta tozalash mashinalari uchun bir necha variantda tuzilib, keyin eng yaxshisi tan lab olinishi mumkin. Shuningdek, mashinaning ayrim muhim qismlari tayyorlanib ishlatib ko‘rilishi mumkin.
Texnik loyiha.
Bu davrda mashina va uning asosiy qismlarining umumiy ko‘rinishlari, kinematik, elektrik, gidravlik, pnevmatik va avtomatik boshqaruv va rostlash tizimlari sxemalari tuziladi. Hisob tushuntirish yozuvlari tayyorlanadi va unda mashinaning mufassal texnik tavsifi va texnik iqtisodiy koʼrsatkichlari chet el va vatanimizdagi eng yaxshi namunalar bilan solishtiriladi. Quvvat, mustahkamlik, bikrlik va ustivorlik kinematik va texnologik hisoblar keltiriladi. Mashina va uning alohida qism detalarini standartlash, unifikatsiya va normallash bo‘yicha ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Texnik loyihaga mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, ekologik talablar bo‘yicha mas’ul idoralar bilan kelishilganlik hujjatlari ilova qilmadi. Texnik loyihaning muhim qismlari patent tozaligini tekshirish va patent fonnulasini tuzish deb hisoblanadi.