Texnik moyli o'simliklarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati reja


Kunjut Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati



Yüklə 31,84 Kb.
səhifə4/8
tarix03.05.2023
ölçüsü31,84 Kb.
#106904
1   2   3   4   5   6   7   8
TEXNIK MOYLI O

Kunjut
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Moyli o‘simliklar ichida kunjut yog‘ining miqdori bo‘yicha ajralib turadi. Uning tarkibida eng ko‘p 48-63% yog‘, 16-17% azotsiz moddalar, 16-19% oqsil bo‘ladi. U oziq-ovqat, qandolat, konserva sanoatida, tibbiyotda keng ishlatiladi. Kunjut moyi yuqori sifatli o‘simlik moyi hisoblanadi va qandolat sanoatida, konserva, margarin tayyorlashda hamda tabobatda ishlatiladi. Qobig‘idan tozalangan va urug‘i maydalangan kunjutdan yuqori navli xolva tayyorlanadi (taxin xolva). Kunjarasi esa chorvachilikda yuqori sifatli ozuqa hisoblanadi.

Botanik xususiyatlariVatani Afrika., Markaziy Osiyoga Hindistondan keltirilgan. Dunyo bo‘yicha 6,73 mln.ga yerga kunjut ekiladi. O‘zbekistonning lalmi yerlariga ekib kelingan. Hosildorligi lalmikor yerlarda gektariga 5-6 s, sug‘oriladigan yerlarda 15-20 s ni tashkil etadi. Ko‘kat hosili 150-200 sga dan iborat.
Kunjut bir yillik o‘simlik bo‘lib, Pedaliaceae-kunjutdoshlar oilasiga, Sesamum Indicum L. madaniy turiga kiradi. Ildizi o‘q ildiz ,tuproqqa 1 m chuqurlikkacha kirib boradi, uzunligi 1 metr, yuqori qismi yaxshi shoxlanadi. Poyasi tik o‘sadi, pastdan shoxlanadi, uzunligi 0,5-1,5 m, mayin tuklar bilan qoplangan. Poyasi qirrali (4-8 ta), shoxlarining soni 10-12 tagacha bo‘lishi mumkin. Bargi oddiy, bandli yaproqdan iborat bo‘lib, ketma-ket va suprotiv joylashgan. Shakli har xil. Guli barg qo‘ltig‘ida 1-3 ta bo‘lib joylashadi, besh bargli, toj barglari bir-biriga qo‘shilib o‘sgan, naychasimon, ikki labli, rangi pushti, binafsha, oq rangda bo‘ladi. Changchisi 5 ta bo‘lib, bularning bittasi, odatda, rivojlanmaydi. Guli tukli, o‘zidan changlanadi, ammo tabiatda arilar yordamida chetdan changlanishi mumkin. Mevasi quticha, cho‘ziq, yassi, tukli. Qutichasi 2-4 mevali bargdan tashkil topgan. Ko‘saklari to‘la pishib yetilganda chatnaydi. Ko‘sakchasi 4 yoki 8 uyali, uzunligi 4sm va eni 0,9 sm atrofida. Bir tup o‘simlikda 20-100 gacha ko‘sakcha joylashadi. Urug‘i ko‘sakchaning uyalarida joylashadi, tuxumsimon (yassi) shaklda, mayda, uzunligi 2,7-4,0 mm, eni 1,9 mm, 1000 dona urug‘ining og‘irligi 3-5 g. Urug‘ining rangi och yoki to‘q jigarrangli, goho oq va qora rangda bo‘ladi.



Yüklə 31,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin