O‘g‘itlash. Oziq elementlariga talabchan. 1 s urug‘ va shunga muvofiq vegetativ massa bilan tuproqdan 6,2 kg N, 1,1 kg R2O5 va 4 kg K2O olib chiqib ketadi.
Yeryong‘oqga 10-15 t go‘ng, azot-20-30 kg, fosfor-100-140 kg, kaliy-50-75 kg hisobida solinadi. Azotli-fosforli o‘g‘itlar ekish oldidan va gullashdan oldin oziqlantirishda solinsa va meva hosil bo‘lish davrida berilsa, yaxshi natijalarga erishiladi.
Yeryong‘oq ekiladigan tuproqlar kuzgi shudgor vaqtida 25-30 sm chuqurlikda haydaladi. Yeryong‘oq keng qatorlab, qator orasi 60-70 sm, o‘simliklar orasi 10-15 sm, ekish chuqurligi 5-7 sm qilib ekiladi. Gektariga 70-100 kg urug‘ sarflanadi. 1 gektarda 40-60 ming tup ko‘chat qoldiriladi. Erta bahorda boronalanadi va 2-3 marta kultivatsiya qilinadi. Har 15 kunda 5-6 marta sug‘oriladi. Ekish muddati-aprel-may oyi hisoblanadi. Ekiladigan yeryong‘oq urug‘ining tozaligi 90% dan kam, unuvchanligi 85% kam bo‘lmasligi kerak.
Yeryong‘oq ko‘proq tozalangan urug‘dan ekiladi. Bunda hosildorlik ezilgan dukkagiga ko‘ra 2-6 sga yuqori bo‘ladi. Yirik urug‘lar serhosil bo‘ladi.Mayda va puch urug‘lar ekish uchun ishlatilmaydi. Urug‘larni ekishdan oldin 80% li TMTD ( 1 ts urug‘ga 600 g miqdorida) bilan purkaladi.
Maxsar Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.Maxsar qimmatli moyli o‘simlik hisoblanib, urug‘ida 17-37% yog‘ bo‘ladi. Sifati bo‘yicha kungaboqarga o‘xshaydi. Oziq-ovqat va texnik maqsadlar uchun ishlatiladi. Maxsarning yog‘i lak, bo‘yoq, olif ishlab chiqarish sanoatida ko‘plab ishlatiladi. Maxsarning kunjarasi chorva-mollari uchun yem-xashak hisoblanadi, ammo po‘chog‘i va mag‘zining po‘sti ajratilib tashlanishi kerak, aks holda kunjarasi achchiq bo‘ladi. Maxsar pichanini tuyalar va mayda mollar xush ko‘rib iste’mol qiladilar.
Maxsarning vatani Afg‘oniston. Hindistonda, Birlashgan Arab amirligida, Eron Markaziy va Janubiy Amerikada qadimdan ekib kelinadi. O‘zbekistonda, Qozog‘istonda, Tojigistonda bahorikor yerlarda ekiladi. O‘rtacha hosildorligi gektariga 3-4 ts, 45-60 ts. ko‘kat yoki 15-23 ts. pichan olinadi.