Texnik reglamentlarni ishlab chiqish va yuritish-fayllar.org
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi. “O‘zstandart” agentligi texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va boshqa davlat xo‘jalik boshqaruvi organlar asoslangan takliflari bo‘yicha shakllantiradi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ekspert kengashlar texnik reglamentlar loyihasini ishlab chiquvchilar bo‘ladi. Ekspert kengashlar texnik reglamentlar loyihasini ishlab chiqishda O‘z DSt 1.1, O‘z DSt 1.6, O‘z DSt 1.24, O‘z DSt 18.0, O‘z DSt ISO/IEC 51, O‘z DSt 1052, O‘z RH 51-010 me’yoriy hujjatlari hamdamahsulot, ishlar va xizmatlarni xavfsizlikga milliy va xalqaro talablarga doir xavfsizlik talablarini belgilanadigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ va normativ-huquqiy hujjatlarni amal qiladi.
Texnik reglamentlar loyihasini ishlab chiqish uchun asos sifatida xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy va O‘zbekiston davlat standartlardan, hamda boshqa davlatlarning ekvivalent (uyg‘unlashtirilgan) texnik reglamentlardan to‘liq yoki qisman foydalansa bo‘ladi.
O‘z DSt 1.7 va O‘z DSt ISO/IEC 21 standartlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan (kiritilgan) shartda ishlab chiqaralayotgan standarlardan belgilangan darajada foydalanishga ruxsat beriladi. Bunda belgilangan tartibda texnik reglamentlarda ko‘rsatilgan standartlar matnlari to‘liq yoki qisman keltiriladi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- manfaatdor foydalanuvchilar loyihasi bilan tanishishga imkon berish uchun aniq texnik reglamentni ishlab chiqish to‘g‘risida “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasini axborot nashrda bildirishnomani ishlab chiqish vaqtidan ikki haftadan kechikmay dastlabki boqichda chop etadi;
qachon hali tuzatishlarni kiritish va mulohazalar inobatga olingan bo‘lishi mumkin bo‘lganda, ishlab chiqishining dastlabki boqichida bildirishnoma chop etadi;
rasmiy talab asosida to‘liq tavsiflar yoki amaldagi xalqaro standartlar bilan jiddiy farqlanishlarni ko‘rsatib, ishlab chiqilayotgan texnik reglament loyiha nusxasi manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etadi;
manfaatdor taraflarga mulohazalarini tayyorlash, muhokama qilish va ishlab chiquvchi ushbu muhokamani inobatga olish uchun kamsitishsiz vaqtni ajratib beradi.
Ishlab chiquvchi texnik reglamentiga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqarish usuli yoki tovarlarni moslashtirishga ishlab chiqaruvchiga vaqt berish uchun texnik reglamentlarni chop etish va ular kuchga kirish orasida aniq vaqtni nazarda tutadi.