Texnik reglamentlarni ishlab chiqish va yuritish


Standartlashtirish iqtisodiy samaradordigi aniqlash tamoyillari



Yüklə 31,58 Kb.
səhifə5/8
tarix25.12.2023
ölçüsü31,58 Kb.
#197060
1   2   3   4   5   6   7   8
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish va yuritish-fayllar.org

14.1 Standartlashtirish iqtisodiy samaradordigi aniqlash tamoyillari


Hozirgi bosqichda mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishida standartlashtirishning o‘rni va ahamiyati oshganligi munosabati bilan “maqbul darajada tartiblashtirishga qaratilgan faoliyat”ni, ctandartlashtirish ta’rifida ko‘satilganidek, har tomonlama texnik-iqtisodiy asoslash to‘g‘risidagi masala dolzarb bo‘lmoqda.

Bundan standartlashtirish samaradorligining asosiy yunalishlari kelib chiqadi:


– ilmiy-texnikaviy jarayonni tezlashtirish;
– ishlab chiqarish samaradorligini, mehnat unumdorligini, shu jumladan muhandislik va boshqaruv faoliyatini oshirish;
– mahsulot sifatini oshirish va uning maqbul darajasini ta’minlash;
– mahsulotga talablarni mamlakat mudofaasi ehtiyojlari bilan bog‘lanishni ta’minlash;
– eksportni kengaytirish uchun sharoitlarni ta’minlash;
– iqtisodiyot boshqaruvini tashkillashtirishni takomillashtirish;
– mahsulotni loyihalash va ishlab chiqarish doirasida ixtisoslashtirishni rivojlantirish;
– barcha turdagi boyliklarni tejash;
– axoli sog‘ligini saqlash va ishlovchilar mehnatining xavfsizligini ta’minlash;
atrof muhitni muhofaza qilish;
– xalqaro iqtisodiy, texnik va madaniy xamkorlikni rivojlantirish.
Tejamkorlik manbalari mahsulotning xayotiy siklining barcha bosqichlarida aniqlanadi. Asosiy manbalar quyidagilardan iborat:
Ishlab chiqish (loyihalash) bosqichida:
– standart texnik hujjatlardan ko‘p marta foydalanish, standart shartli grafik tasvirlarni qo‘llanish, standart hisoblash usullaridan foydalanish va h.k. hisobiga ishlab chiqish (loyihalash) ga mexnat sarfini kamaytirish;
loyihalar sonini kamaytirish, ishlab chiqiladigan texnik hujjatlar birlik sonlarini qisqartirish;
– tajriba nushalarni tayyorlash va sinashga sarflarni kamaytirish.
Ishlab chiqarish bosqichida:
– ishlab chiqariladigan buyumlar nomenklaturasini qisqartirish, birxillashtirish, seriyalikni oshirish;
– materiallarni sarflash me’yorlarini kamaytirish;
– jihozlarni qayta sozlashga mehnat sarfini kamaytirish;
– sotib olinadigan standartlashtirilgan tarkibiy qismlarga va butlovchi buyumlarga xarajatlarni kamaytirish;
– ishlab chiqarish jarayonlarida mehnat sarfini kamaytirish;
– buyumlarning sinashga ajratib olinadigan sonini kamaytirish va sinovlarni arzonlashtirish;
– brakni kamaytirish;
– buyumni tamg‘alash va joylashga xarajatlarni kamaytirish;
– jihozlardan foydalanishni yaxshilash;
– ishlab chiqarish siklining davom etish vaqtini qisqartirish;
– mehnatning xavfsizligini oshirnsh.
Foydalanish(iste’mol qilish) bosqichida:
– ekspluatatsion sarflarni qisqartirish (xom ashyo, yoqilg‘i, materiallar va asboblar sarfini kamaytirish va h.k.);
– extiyot qismlar, asbob va moslamalarni kamaytirish;
– ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishga mehnat sarfini kamaytirish;
– foydalaniladigan jihozlarning ish unumini oshirish;
– mahsulot tafsilotlari (xossalari) ni yaxshilash;
– mahsulotni tashish va saqlashda uning saqlanuvchanligini oshirish;
– transport vositalaridan foydalanishni yaxshilash;
– omborxonalardan foydalanishni yaxshilash;
– foydalanishda mehnat xavfsizligini oshirish.
Tashqi savdo sohasida:
– eksportga chiqariladigan mahsulot hajmini oshirish;
– sifati yaxshilangan eksportbop mahsulotga narxni oshirish;
– sotib olinadigan import mahsulot hajmini kamaytirish.
Standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda quyidagi atamalar va ta’riflar qo‘llaniladi:

Yüklə 31,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin