Texnik reglament loyhasini kelishish tartibi. Texnik reglament loyihasi oxirgi tahrirni ishlab chiqish tugatishni ekspert kengash bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomaga ekspert kengashning hamma a’zolari imzolaydi.
Texnik reglament loyihasi ekspert kengashning bayonnomasi qaroriga muvofiq hamma manfaatdor tashkilotlar kelishilgan deb hisoblanadi, hollari bundan mustasno, agar:
ekspert kengashning tarkibiga asosiy manfaatdor tashkilotlarning vakil (vakillari) kiritilmagan bo‘lsa;
Kelishish 30 kun ichida yozma ravishda o‘tkaziladi.
Umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash tartibi. Ekspert kengashlar qoidada belgilangandek, komplektida ekspert kommisiyasi tomonidan ekspertizani o‘tkazish uchun (o‘z vakolat doirasida) “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga texnik reglamentlar loyihalarni kiritadi:
ilova xat;
loyiha risola holda ikkita nusxada davlat va rus tilida;
loyhani ishlab chiqish to‘g‘risida bildirishnomani nusxasi;
ishlab chiqish va texnik reglamentni joriy etish texnik-iqtisodiyot asoslanishi;
ilova, texnik reglamentga qo‘yiladigan talablarni rioya etishni ta’minlaydigan, mintaqaviy (Evropadagi), davlatlararo, xalqaro standartlar ro‘yxatini yoki boshqa standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni o‘z ichiga oladigan;
taqrizlar ma’lumoti;
tushuntirish xati;
kelishmovchilik to‘g‘risida ma’lumot (kelishmovchilik mavjudligida);
texnik reglamentni joriy etadigan va ishlab etadigan - davlat va xo‘jalik boshkaruvi organlar tomonidan tasdiqlangan texnik reglamentni joriy etish bo‘yicha texnik-tashkiliy chora-tadbirlarning rejasi.
Hamma sanab chiqilgan hujjatlar, hamda boshqa kerakli hujjatlar, ilova xatdan tashqari elektron shaklda ham taqdim etiladi.
Ekspert kommisiyasining ijobiy xulosasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlashga kiritish uchun “O‘zstandart” agentligiga Vazirlar Mahkamasining qarorni loyihasi, ekspert kommisiyasining xulosasi bilan texnik reglamentlar loyihasi, tushuntirish xatni muqovalatilgan holda turta nusxada kiritiladi.
Mulohazalar mavjuligida, texnik reglamentlar loyihasi ekspert kommisiyasining xulosasi bilan oxirga etkazish uchun ishlab chiquvchiga qaytariladi.
Texnik reglamentlar, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish va bekor qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan texnik reglamentlar, ularga o‘zgartish va/yoki qo‘shimchalar, hamda ularni tasdiqlash bo‘yicha tashkiliy – boshqara biladigan hujjatlar qoidada belgilangan tartibda davlat fondini komplektlash uchun yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: |