Texnik va badiiy modellashtirish


II BOB. Badiiy modellashtirishni konstruksiyalash



Yüklə 88,62 Kb.
səhifə4/6
tarix14.12.2023
ölçüsü88,62 Kb.
#179569
1   2   3   4   5   6
Texnik va badiiy modellashtirish. Shaxnoza

II BOB. Badiiy modellashtirishni konstruksiyalash.
2.1. Badiiy modellashtirishning mazmuni.
Dizayn - ingliz tilidan olingan bo‘lib, chiroyli, shinam, yaxshi loyiha degan ma’noni anglatadi. Dizayner esa - kuchli rassom - konstruktor. Buyum bilan har qanday tanishish ma’lum darajada unga baho berish bilan bog‘liq. Baho berish funksional, estetik, ijtimoiy - nufuzli bo‘lishi mumkin. Buyumlar olamini loyihalash bilan shug‘ullanadigan kishi o‘zining pirovard maqsadiga - chiroyli buyum yaratishga harakat qilar ekan, birinchi navbatda mazkur buyumning estetik qiymati nimadan iborat ekanligini bilishi lozim. Dizayn zamonaviy madaniyatning eng yosh va tez rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Shu munosabat bilan uning nazariyasini ishlab chiqishga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Bu o‘z-o‘zidan tushunarlidir, chunki shunday qilinganda uning oldiga zamonaviy amaliyot tomonidan qo‘yilgan dolzarb muammolarni shunchalik tez hal etish mumkin. Shu haqiqatni ochiq aytish lozim, bizning mamlakatimizda dizayn imkoniyatlaridan to‘la ravishda foydalanilayotgani yo‘q. Bu borada vujudga kelgan muammoni tushunish mumkin; chunki birinchidan, dizaynerlik faoliyatining nihoyatda murakkabligi bo‘lsa, ikkinchidan, uning fan-texnika, muhandislik-konstruktorlik, iqtisodiy faoliyati bilan bog‘liqligidir, uchinchidan, jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayoti bilan chambarchas bog‘lanib ketganligidir. Shu boisdan dizaynning nazariy muammolari ko‘p qirrali bo‘lib, u turli nazariy bosqichlarda o‘zining o‘rganib chiqilishini talab etadi. Modomiki, dizayn ommaviy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanilar ekan, uni moddiy ishlab chiqarish va iste’mol tizimida ro‘y beradigan jarayonlar munosabati bilan ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi. Ayni zamonda dizayn muammosini nazariy jihatdan ishlab chiqishni uning zamonaviy madaniy hayot tizimida yetakchi o‘rin tutishidan ayricha holatda hisobga olmasdan turib, hal etish mumkin emas, zero dizayn moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda, texnika va san’at o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajaradi.Shu sababli texnik estetika masalani ishlab chiqarish va iste’molning texnika, ijtimoiy-iqtisodiy, ergonomik hamda estetik aspektlari bilan bog‘liq holda sanoat mahsulotlarining shaklini vujudga keltirish, badiiy konstruksiyalashning asosiy tamoyillari va metodlari bilan bog‘liq holda ko‘p muammolar nuqtai nazaridan turib o‘rganadi.Hozirgi kunda texnik estetika oyoqqa turish bosqichini boshdan kechirmoqda. Bu sohada mehnat qilayotgan mutaxassislar favqulodda faollik ko‘rsatayotganliklariga qaramasdan, dizayn muammolarini tushunishda hamon biron-bir to‘la va qat’iy nazariya vujudga kelmagan. Dizaynning umumiy nazariyasi roliga da’vo qilayotgan bir qator taniqli kontsepsiyalar amalda uning mazmuni bilan bog‘liq u yoxud bu jihatni aks ettirishdan o‘zga narsa emas.Hozirgi zamonga kelib, dizaynning bir necha ishchi definitsiyalaridan foydalanilmoqda. Ayrim mualliflar «industrial dizayn», «sanoat san’ati», «sanoat estetikasi» tushunchalarini bir-biridan farqlasalar, boshqa mualliflar esa ularni sinonimlar deb da’vo qiladilar.
Masalaning bunday turli-tuman shaklda qo‘yilishi estetik va badiiy faoliyatning nisbati to‘g‘risidagi masala, jumladan, yarim-yorti yoritilgani, dizayn nazariyasi uning amaliyotidan orqada qolayotganligi bilan izohlanadi. Biroq dizayn nazariyasi oldida terminologiyani tartibga keltirishdan ham muhimroq vazifalar turibdiki, bularning qay darajada hal etilishiga qarab badiiy konstruksiyalash amaliyoti rivojlanadi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni iste’mol qilish o‘rtasidagi garmonizatsiyalash muammosi ularning iste’mol qilinishini prognozlashtirish maqsadida ijtimoiy iste’mollar dinamikasini o‘rganishni taqozo etadi. Bu muammolarni chuqur va har tomonlama o‘rganmasdan turib, dizaynning ongli ravishda o‘zlashtirilgan hamda ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini ta’minlash mumkin emas. Ushbu ulkan muammoni hal etish uchun, avvalo, estetik ijtimoiy iste’molning predmeti va mohiyati to‘g‘risida qo‘shimcha ravishda qoniqarli javob topish lozim bo‘ladi, chunki estetik iste’mol, umuman, qadriyat nima, degan savolga javob topishni talab qiladi. Bu savollarga qoniqarli javob berish - butun boshli estetik kontsepsiyani qurish demak. Bu holat birgina texnik estetik vositasida hal etib bo‘lmaydi. Bunday kontsepsiyani qurish yuqori darajadagi texnik abstraktlashuvning yanada yuqori bosqichga ega bo‘lishini talab qiladi. Bunday qiyinchiliklarga barham berish uchun texnik estetika, umumiy estetika, san’at sotsiologiyasi, aksiologiya, semiotika va boshqa fanlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yurgizishi lozim bo‘ladi. Shunisi maqtovga sazovorki, so‘nggi yillarda umumiy estetik va texnik estetik sohasida ish olib borayotgan tadqiqotchilar o‘rtasida yaqin munosabat o‘rnatildi. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, boshqa fanlar tomonidan ko‘rsatiladigan bunday yordamga birgina estetika fani ehtiyoj sezayotgani yo‘q. Biroq texnik estetika ko‘pgina dolzarb muammolarni kun tartibiga qo‘yilishi bilanoq umumiy estetikaning olg‘a siljishiga katta yordam bermoqda. Ko‘pgina munozarali masalalar (estetik va badiiy faoliyat hamda uning mahsulot nisbati, estetik qadriyatlar tabiati va ularni baholash, notasviriy san’atda badiiy obraz muammosi, buyumda shakllar va funksiyalar nisbati va hokazo) umumiy estetika fani qarshisida o‘zlarining yangi qirralari bilan namoyon bo‘ldi. Dizaynni vujudga keltiruvchi ko‘rgazmali muhit san’atga nisbatan ma’lum ma’noda ishonchliroq estetik xarakteristika bera oladi. O‘z vaqtida taniqli rus san’atshunosi V.V.Stasov shunday deb yozgandi: «haqiqiy, xayoliy bo‘lmagan xalq san’ati faqat mening zinapoyam ham, xonam ham, stakanim ham, qoshig‘im ham, stolim ham, shkafim ham, pechkam ham, shamdonim ham, shu qabilda eng so‘nggi buyumimgacha go‘zal bo‘lgan joydagina mavjuddir... u yerda yashashga zarur bo‘lgan mayda buyumlar badiiy bo‘lmog‘i uchun ehtiyoj yo‘qdir, u yerda san’at hali qumda o‘smoqda, haqiqiy ildiz otishga ulgurmagan... Estetik buyum (ommaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish) va subyekt (ommaviy iste’molchi) o‘rtasidagi o‘zaro aloqa obyektiv tadqiqot uchun ancha qulaydir, bu esa turli-tuman, jumladan, tahlilning statistik metodidan foydalanish imkonini beradiki, bularning hammasi estetik sir-asror olami sari dadil qadam qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.Yuqorida bayon etilgan mulohazalar umumiy va texnik estetika sohasida mutaxassislarning o‘zaro bir-birlarini tushunishlari yuqori darajada bo‘lishligiga erishmoq har ikki sohaning nazariyasi rivojlanishiga ko‘maklashadi.
2.Dizaynning asosiy vazifasi, dizayn san’atining tarkibiy tuzilishi, hunarmandchilik va sanoat, birinchi dizaynerlar. O‘zbekistonda dizaynning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va bugungi kundagi ahvoli
Dizaynning maqsadi — inson bilan uni qurshab turgan mehnatga, turmushga, madaniyatga jalb etuvchi predmetli muhit bilan maksimum darajadagi uyg‘unlikni vujudga keltirishdan iborat. Xo‘sh, dizayn bu maqsadni qanday qilib amalga oshiradi? Ko‘p hollarda biz dizaynerning ishi ilmiy-tadqiqot, muhandislik-texnik va badiiy faoliyat sifatida baholanishiga o‘rganib olganmiz. Haqiqatan ham, dizaynerning mazkur sohalar bo‘yicha faoliyati nisbatini o‘rganar ekanmiz, ular o‘rtasida juda ko‘p umumiy jihatlar ko‘zga tashlanadi. Biroq uni faoliyatning u yoki bu sohasidagi o‘ziga xos xususiyatlar olami bilan qorishtirib yuborish yoki ikki qo‘shiluvchi umumiy summasi sifatida namoyish etish yaramaydi. Afsuski, bunday amaliyot hayotda tez-tez uchrab turadi.Dizaynerdan professional sifatida «iste’dodning turli qirralariga ega bo‘lishi talab qilinadiki, bu iste’dod birgina rassomning iste’dodi bilan yoxud mutaxassis sifatida faqatgina loyihalash tafakkuri bilan chegaralanishni tan olmaydi, uning uchun yuksak darajada rivojlangan keng tafakkurni, jismoniy o‘ziga xos xususiyatlarni, materialning tabiiy go‘zalligini nozik fahmlovchi, yuqori darajada rivojlangan didni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshi biluvchi sifatlar ham xos bo‘lmog‘i lozim. Dizaynerlik kasbi maqomi yuqori ixtisos, o‘z mehnatining ijtimoiy ahamiyati uchun mas’uliyatni his etish, sanoat mahsulotlari assortimentini optimallashtirish orqali xalq turmush darajasini oshirish natijasida shakllanadi. Dizayner kasbiga bo‘lgan talab maxsus o‘quv adabiyotida ana shu tartibda qo‘yilgan. Haqiqatan ham dizayner u yoxud bu ishlab chiqarish jamoasida muhandis, konstruktor, texnolog, ergonomik, muhandislik psixologiyasi bo‘yicha ma’lum bir tushunchaga ega bo‘lishi lozim. Bu uning faoliyatidagi zarur, ammo yetarli darajada bo‘lmagan shart-sharoitdir. Bu sifatlarsiz uning turli soha mutaxassislari bilan muloqotga kirishishi mumkin emas. Faoliyatning ana shu turlaridan har biri maxsus va uzoq tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi. Shu boisdan dizayner ushbu bilimlar borasida hech qachon ular bilan bir bosqichga ko‘tarila olmaydi.Rassom-konstruktor sanoat mahsulotlarini umumiy loyihalashda ishtirok etuvchi mutaxassislardan biri sanaladi. Shuni qayd etish o‘rinli bo‘lur ediki, moddiy ishlab chiqarish rivojlangan hozirgi davrda loyihalash faoliyatning mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqdi, bu esa, sanoatning differensiatsiyasi va serebralizatsiyasida oqibat hamda zarur bosqich sifatida ahamiyat kasb etdi. Texnik loyihalashning industriyadan ajralib chiqishi bu sohada qo‘yilgan muhim odim bo‘ldiki, bundan keyin bizning davrimizga kelib, dizaynning texnik loyihalashdan ajralib chiqishiga navbat keladi.Shunday qilib, dizayn moddiy ishlab chiqarish ustidan keyingi o‘rinda turuvchi usturmadir. U sanoatning hamma jabhasida ham loyihalashning alohida turi sifatida ajralib chiqmagan. Ko‘p hollarda dizayner fan-texnika jamoasi bilan birga ishlaydi. Qisqacha ifodalaganimizda, mazkur jamoaning faoliyatini, asosan, quyidagicha ifodalash mumkin:
- Ixtirochilik, ya’ni yangi ish qurollari, asboblar, mashinalar va hokazo; hamisha yagona, inventariantlilikni ixtiro etish;
- obyektlar o‘rtasidagi yoki obyektlar qismi o‘rtasidagi yangi aloqalarni o‘rnatish bilan joylashtirish; bu faoliyat o‘zining mohiyatiga ko‘ra ko‘p variantlidir;
- konstruksiyalash, ya’ni mavjud texnikani takomillashtirish uchun ma’lum dastur bo‘yicha konstruksiyalash.
Dizaynerning mehnat faoliyatini to‘rt bo‘lakka bo‘lish mumkin:
1) asos qilib olingan maqsadning mavjud bo‘lishi;
2) asos qilib olingan maqsad yoxud prototipning mavjud bo‘lishi;
3) asos qilib olingan topshiriqlarni kompanovka metodi ostida bajarish;
4) asos qilib olingan obyekt ishida yangi sifatga ega bo‘lish yoxud yangi obyektlarni barpo etish.

Yüklə 88,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin