Texnik vositalardan foydalangan holda biror mavzuga dars ishlanma tayyorlang reja


Informatsion audiovizual tizimlari



Yüklə 21,25 Kb.
səhifə2/3
tarix06.05.2023
ölçüsü21,25 Kb.
#108611
1   2   3
Texnik vositalardan foydalangan holda biror mavzuga dars ishlanma tayyorlang

2. Informatsion audiovizual tizimlari
Ushbu mavzu ekranga tasvir tushintirish statik va dinamik texnik vositalarining, ovoz beruvchi vositalarning o‘quv jarayonidagi rolini, ekranga nur yordamida tasvir tushirish usullarini hamda statik va dinamik proektsiyalash vositalarining didaktik imkoniyatlarini o‘rganishga mo‘ljallangan.
Statik proektsiyalash texnik vositalari deb nur yordamida ekranga qo‘zg‘almas tasvir tushiruvchi informatsiya vositalari va apparatlari majmuasiga aytiladi. Statik Ta‘lim texnik vositalarining sinflanishi proektsiya texnik vositalari o‘qitish jarayonida eng ko‘p qo‘llanadigan va eng qulay texnik vositalardan hisoblanadi. Ular yordamida o‘qituvchi tasvirni tushuntirish uchun ekranda kerakli vaqt mobaynida ushlab turishi mumkin.
Dinamik proektsiyaning o‘qitish jarayonidagi eng muhim didaktik roli tasvirlarning harakatlanishidir. Dinamik proektsiya ob‘ekt va xodisalarning rivojlanish va o‘zgarish jarayonini harakatda kuzatishga imkon beradi. Statik proektsiya asoslari
Proektsiyalash harakatsiz yoki harakatdagi tasvirni nur yordamida ekranda mavjud qilishdir. Ekranda harakatsiz tasvirni hosil qilishga statik proektsiya, harakatli tasvir hosil qilish esa dinamik proektsiya deyiladi. Amalda statik va dinamik proektsiya o‘qitish jarayonida asosiy qo‘llanma vazifasini bajaradi.
Yorug‘lik manbai va optik tizim yordamida biror ob‘ektning tasvirini ekranda hosil qilish yorug‘lik proektsiyasi deb ataladi. Ta‘limning statik vositalariga diafilmlar, kodoposobiyalar (transporantlar) kiradi. Statik proektsiyaning texnik vositalari nur yordamida ta‘lim statik vositalari tasvirini ekranga tushirishga xizmat qiladi.
Ekranga nur yordamida statik tasvir tushirishning ikki turi mavjud. Ular diaproektsiya va epiproektsiyalardir.
Diaproektsiyada tasvir nur oqimining shaffof ob‘ekti (plyonka, oyna)dagi rasmdan o‘tib ekranga kattalashib tushishidan hosil bo‘ladi. Diaproektsiyada proektsion lampa 2 ning (1-rasm) nur oqimi hamda qaytargich 1 dan qisman qaytgach, nur oqimi kondensor 3 orqali to‘planib, kadrlar darchasi 4 ga yo‘naltiriladi. Nur oqimi kadrlar darchasiga joylashgan shaffof ob‘ektdagi tasvirdan o‘tib ob‘ektiv 5 ga tushadi. Tasvir ekranga ob‘ektiv orqali kattalashtirilib tushiriladi. Diaproektsiyaga asoslangan qurilmalr diaproektor deb ataladi.
Diaproektsiyaning alohida turkumoaridan biri krdoproektsiya hisoblanadi. Kodoproektsiyada (2-rasm) lampa 2 hamda reflektordan qaytgan nur oqimlari kondensor 3 orqali yig‘ilib film darchasi 8 da joylashgan shaffof plyonkadagi tasvirga vertikal yo‘naltiriladi.
Nur oqimi shaffof plyonkadan o‘tib, ob‘ektiv (5) ga, so‘ngra ko‘zgu (7) ga tushadi.
Kuzgu nur yo‘lini o‘zgartirib, uni ekranga yo‘naltiradi.
Kodoproektsiyaga asoslangan qurilmalar kodoskop va grafoproektor deb ataladi. Epiproektsiyada tasvir nur oqimining xira, nur o‘tkazmaydigan ob‘ekt (qog‘oz, jurnal, fotoqog‘ozlar)dagi rasmdan qaytib ekranga tushishidan hosil bo‘ladi. Epiproektsiyada (3-rasm) proektsion lampa 2 hamda qisman reflektordan qaytgan nur oqimlari kondensor 3 yordamida yig‘ilib xira ob‘ekt 10 dagi tasvirga tushadi.
Tasvirdan qaytgan nur oqimining bir qismi ko‘zgu 7 yordamida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, ob‘ektiv 5 orqali ekranga tushadi. Statik proektsiya elementlarining vazifalari
Reflektor - ko‘zguli nur qaytargich. U proektsion lampaning orqa tomoniga joylashtirilgan. Reflektor nurni film darchasi tomon yo‘naltirib, nur oqimini kuchaytiradi. Reflektorlarning shakli turlicha bo‘ladi: sferik, parabolik, elliptik. Parabolik va elliptik reflektorlar film darchasining bir tekis yoritilishini ta‘minlaydi, lekin ularni ishlab chiqarish murakkab va qimmat baholanadi. Nur manbai - proektsion elektr lampasi. Zamonaviy proektsion apparatlarida nur manbai sifatida elektr lampalar ishlatiladi. Katta quvvatli apparatlarda elektr yoyi, ksenon lampalari, o‘rta va kichik quvvatli apparatlarda maxsus cho‘g‘lanma lampalar ishlatiladi.
Oxirgi paytda kvarts-galogen lampalari keng miqyosda qo‘llana boshlandi. Ular trubkasimon shakldagi kichik kvarts kolbasidan iborat. CHo‘g‘lanish jarayonida volfram spiralining bug‘lanishini sekinlashtirish maqsadida uning ichi yod yoki boshqa galogen qo‘shilgan inert gazi bilan to‘ldiriladi.
Lampani elektr manbaiga ulash kvarts kolbasiga kovsharlangan molibden simi orqali amalga oshiriladi. Molibden simining maksimal qizish temperaturasi 3500S dan oshib ketmasligi kerak. Aks holda molibden oksidlanadi, natijada kvarts sinishi va lampani ishdan chiqarishi mumkin.
Ushbu lampalarni ishlatishda yana bir ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Lampa kolbasini qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydi, chunki qo‘ldagi doim mavjud bo‘lgan oz miqdordagi yog‘ qatlami lampaning xiralashishiga, nur oqimining kamayishiga va natijada lampaning tez ishdan chiqishiga olib keladi. Lampani birorta mato yoki rezina qo‘lqop bilan ushlash kerak.
Kvarts-galogen lampalarning KGM 12-100, KGM 24-150, KGM 24250, KGM 36400, KGM 220-500, KGM 220-1000 va boshqa turlari mavjud. Lampa markasidagi harflar K - «kvartsevaya», G - «galogennaya», M-«malogabaritnaya» so‘zlarini, raqamlar - birinchisi voltlardagi kuchlanishning ikkinchisi vattlardagi iste‘mol quvvatini qiymatini bildiradi.
Kvarts-galogen lampalarining xizmat muddati va nur oqimi oddiy proektsion lampalarnikidan yuqori.
Kondensor linzalar tizimidan iborat bo‘lib, undan tasvir tushirilgan ob‘ektni bir tekis yoritish va nur oqimini ob‘ektivning kirish darchasiga yig‘ib berishda foydalaniladi.
Har qanday lampadan hosil bo‘ladigan nur oqimi apparatning yoritish qismi devorchalarini va kondensor linzalarini qizdiradi. SHu sababli ularni sovitish maqsadida ventilyator qo‘yiladi. Diapozitivga tushgan katta nur oqimi uni qattiq qizdirishi va natijada bujmaytirib qo‘yishi mumkin. Kondensor linzalarining orasiga qo‘yiladigan teplofiltrlar issiqlik nurlarini yutib, diafilmlarni qizib ketishdan saqlaydi. Quvvati 150 vatt va undan ko‘p bo‘lgan proektsion lampali apparatlarning kondensor linzalari orasiga, albatta, teplofiltrlar o‘rnatiladi. Teplofiltr maxsus shishadan tayyorlangan plastinkadan iborat.
Kadrlar darchasi - diapozitiv va diafilmlarni nur yo‘liga perependikulyar holda kondensordan ma‘lum masofada ushlab turishi maqsadida foydalaniladi.
Panel (predmet stoli) - grafoproektor va epiproektorlarda ishlatiladigan ta‘lim vositalarini (shaffof plyonkadagi yoki qog‘ozdagi tasvir) gorizontal tekislikda ushlab turishi uchun mo‘ljallangan.
Ob‘ektiv - bir necha linzalar dan iborat murakkab optik tizim. Uning vazifasi ekranda ob‘ektning kattalashtirilgan, aniq, keskin, ravshan tasvirini hosil qilish. Zamonaviy proektsiyalash apparatlari ko‘p linzali qilib tayyorlanadi. Ko‘p linzali ob‘ektivlarda bir linzali ob‘ektivlarning kamchiliklari bartaraf qilinadi. Ularda yupqa shaffof plyonka bilan qoplangan yorug‘lashtirilgan linzalarning ishlatilishi ekranda yuqori sifatli aniq, yorqin tasvir hosil qilish imkonini beradi. Uch linzali ob‘ektivlarga «triplet», ko‘p va sifatli linzali ob‘ektivlarga «anastigmat»lar misol bo‘ladi.
Apparatlarni ishlatishda ob‘ektiv va oynalarni ehtiyot qilish zarur. Ularni tez-tez artaverish tavsiya qilinmaydi. Chang avval yumshoq cho‘tka bilan, so‘ng flanel salfetkasi bilan tozalanadi.
Har qanday ob‘ektivning asosiy parametri uning fokus masofasi va nisbiy teshik hisoblanadi.
Fokus masofasi - bu optik o‘q bilan parallel nurlar ob‘ektivdan o‘tib bir nuqtada tutashgan joyidan ob‘ektiv tekisligigacha bo‘lgan masofa. Ekrangacha bo‘lgan masofa bir xil bo‘lgan holda apparatning kichik fokusli ob‘ektivi ekranda kattaroq tasvir beradi.
Nisbiy teshik - bu ob‘ektiv linzalarning diametri (d), uning fokus masofasi (F) nisbatiga teng. Nisbiy teshik qiymati qancha katta bo‘lsa, ob‘ektivdan shuncha ko‘p nur o‘tadi. Nurning yuqolishi kamayadi. Ob‘ektiv korpusida nisbiy teshik, fokus masofasi, zavod nomeri, zavod nomi yozilgan bo‘ladi. Bu «ob‘ektivning pasporti» uning ekranga qaragan tomonida bo‘lishi zarur. Statik proektsiyaning ta’lim vositalari
Statik proektsiyaning texnik vositalari yorug‘lik nuri yordamida ekranga qo‘zg‘almas tasvir tushirish uchun xizmat qiladi. U informatsiya eltuvchi vosita va texnik qurilmadan iborat. Informatsiya eltuvchi ta‘lim vositalariga diapozitivlar, diafilmlar, transporantlar (kodoposobiyalar) kiradi.
Diapozitiv shaffof plenkada hosil qilingan fototasvirdir. Diapozitivlarni ishlatish oson bo‘lishi maqsadida ularning formati standartlashtirilgan va texnik qurilmalarda ishlatishga moslashtirilgan. O‘quv jarayonida qo‘llaniladigan diapozitivlarning asosiy o‘lchami 24x36 mm, 18x24 mm bo‘lib, ular 50x50 mm plastmassadan yasalgan ramkalarga joylashtiriladi.
Diapozitivlar bilan plakatlar o‘rtasida o‘xshashlik ko‘p. Diapozitivdagi tasvir ekranda yorug‘lik bilan tushiriladigan rasmni hosil qiladi. Bunday rasmdan foydalanish huddi devorga osilgan plakatlardan foydalanishga o‘xshaydi. Lekin diapozitivning afzallik tomonlari bor: uni ekranga proektsiyalab, 3-4 kv.m.gacha o‘lchamli rasmlar hosil qilish mum kin. Ekrandagi tasvirning katta bo‘lishi orqa partalarda o‘tirgan o‘quvchilarga ko‘rsatilayotgan narsaning barcha elementlari bilan tanishishga va uning to‘g‘risida aniq tushuncha olishga va u haqda to‘g‘ri tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Tasvirning aniq va aniq chiqishi ham ekran qo‘llanmasining afzalligidir.
Diapozitiv tasviri ham, plakatdagi rasmga o‘xshab, harakatlanmaydi, lekin birinketin birorta jarayon rivojlana borgan sari o‘zgaradigan tasvirlarni ko‘rsatish yo‘li bilan bu kamchilikning o‘rni bir muallif oz qoplanadi.
Birorta mavzuni yoritib beruvchi diapozitivlar seriyasini avtor tavsiya qiladigan tartibda ko‘rsatish shart emas.
Mashg‘ulotning maqsadiga qarab, o‘qituvchi diapozitivlarni har xil tartiblarda ko‘rsatishi, ba‘zan boshqa seriyadagi diapozitivlardan foydalanishi mumkin. Turli manbalardan diapozitivlarni tanlash imkoni borligi, ekran vositasining bu xilidan istalgan payt va tartibda foydalanish mumkinligi bunday qo‘llanmaning muhim afzalligidir.
Diapozitiv film yoki diafilm plyonkaga tushirilgan diapozitivlardir. Diafilmdagi tasvir va uni izohlovchi so‘zlar matni uzviy bog‘langan bo‘lib, yaxlit mavzuni tashkil qiladi. Diafilmlarda plyonkaga tushirilgan ayrim tasvirlar bir uzluksiz lentaga biriktirilgan. Ularni muallif qanday joylashtirgan bo‘lsa, shu tartibda namoyish qilish mumkin. O‘qituvchi faqat ayrim kadrlarni yoki ko‘rsatilganlarini tez o‘tkazib yuborishi, ko‘rsatilganlarini esa yana qayta ko‘rsatishi mumkin. Har bir diapozitiv mustaqil hisoblanadi. Diafilm kadrlari rivojlanib borayotgan mavzuning ayrim tasvirlarigina bo‘lib qolmay, balki yaxlit asar elementlaridir. Diafilm 35 mm plyonkaga tushiriladi. Diafilmdagi kadrlarning o‘lchami 18x24 va 24x36 mm bo‘lib, ularning soni 72 yoki 36 tani tashkil qiladi.
Diafilm kadrlarni kesib olib, ulardan diapozitivlar seriyasini tashkil qilish mumkin. Bunday seriyada birorta kadr ishdan chiqsa yoki eskirib qolgani bo‘lsa ularni almashtirish oson. Diafilmda esa bunday xollarda plyonkani qaytadan ishlash kerak. Diapozitiv seriyalari diafilmga nisbatan ko‘proq xizmat qiladi, chunki ular diafilm kabi film kanalida qirilmaydi.
Kodoposobiya (transporant) - bosma yoki fotografiya usulida shaffof plyonkaga hosil qilingan tasvir. Kodoposobiya grafoproektorlar orqali namoyish qilinadi. Qaysi apparatda ishlatilishiga qarab kodoposobiya kadrlarining o‘lchovlari 142x103 mm (eski modellar uchun) va 250x250 mm (yangi chiqarilgan modellar uchun) bo‘ladi. Grafoproektorlarda bir dona kadrdan iborat kodoposobiyalar, birbirining ustiga qo‘yib ko‘rsatiladigan 2-6 kadrdan iborat seriyali kodoposobiyalar yoki eni 260 mm, uzunligi 30 m gacha bo‘lgan uzluksiz shaffof plyonkada hosil qilingan tasvirlar namoyish qilinadi.
Epiposobiya - o‘lchamlari 150x150 mm, 190x190 mm bo‘lgan xira ob‘ektlardagi tasvirlardan (fotografiya, kitob va jurnallardagi rasmlar, sxemalar, jadvallardan) iboratdir. Epiposobiyalardagi tasvir qaytgan nur yordamida ekranga epiproektorlar orqali yoki «videoko‘z-teleekran» tizimi orqali proektsiyalanadi.

Yüklə 21,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin