Mashina, mexanizm va jihozlarning xavfli chegaralari (zona).
2. Xavfsizlikni taъminlovchi texnik vositalar.
Ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan mashina va jihozlarga qo`yiladigan asosiy talablar, ularning ishchilar uchun pishiq va mustahkam hamda ishlatishning osonligi, xavfsizlik (GOST) mezonlari tizimlari bilan belgilanadi.

Korxonalarda mashina va jihozlar xavfsizligini taъminlash uchun, loyihalash jarayonida uning qanday ish bajarishini hisobga olgan holda, asosiy ish bajaruvchi qismlarini mukammal joylashtirishning ixcham usullarini qo`llash, unga shakl berish va muhofaza qilish qurilmalarini joylashtirishni birga olib borish zarur.
SHuni hisobga olish kerakki qurilmalarga o`rnatilgan muhofaza vositalari uning asosiy qismi bilan uyg’unlashib, iloji borcha ko`proq mehnat xavfsizligini taъminlashga xizmat qilsin.
Masalan, qurilmalarga o`rnatilgan xavfsizlikni taъminlash qopqoqlari, faqatgina xavfli joylar to`sig’i bo`lib qolmasdan, shovqinni kamaytiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi, charxning xavfsizligini taъminlovchi qurilma esa bir vaqtning o`zida shamol yordamida charx qirindilarini chiqarib yuborishga mo`ljallangan mahalliy shamollatish vazifasini ham bajaradi.

Xavfsizlik darajasi yuqori bo`lgan jihozlar, masalan, bosim ostida ishlatiladigan bug’ va suv isitish (1150S yuqori) qozonlari, gaz ballonlari, kompressorlar, gaz tashuvchi tsisternalar yuqori bosimli gaz quvurlari va boshqalardan foydalanilayotganda, ishlab chiqarishda xavfsizlikni taъminlash davlat nazorati idoralarining maxsus talablarini bajarish shart hisoblanadi.

Korxonalarda elektr toki, elektromagnit to`lqinlari, radioaktiv moddalar taъsirini kamaytiruvchi yoki butunlay yo`qotuvchi va ulardan saqlanish chora-tadbirlar ko`rish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mashina jihozlarning xavfsiz va puxta ishlashini taъminlashdagi asosiy omillaridan biri, ularning texnik holatini nazorat qiluvchi asbob-uskunalar, avtomatik boshqarish va muvofiqlashtirish qurilmalari bilan jihozlashdan iborat.