Inson hayoti va sog’ligiga doimiy yoki vaqti-vaqti bilan xavf tug’diruvchi joy xavfli chegara yoki mintaqa deb ataladi. Bu asosan mashina va jihozlarning ochiq holdagi aylanadigan va harakatlanadigan qismlari, aylanadigan qirquvchi asboblar, zanjirli va tishli uzatmalar, harakatlanuvchi stanoqlarning ishchi stollari, issiq yuzalar, zaharli kimyoviy moddalar va pardozlashga ishlatiladigan kislota, ishqorlar va boshqa o`yuvchi moddalar bilan ishlaydigan ish joylari, elektr tokidan foydalanishdagi ish o`rinlari, yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirib yuradigan kranlar va mashinalarning harakat chegarasi doirasidagi xavfli chegaralar yoki mintaqalar shular jumlasiga kiradi.