Elektr qurilmalarida elektr xavfsizlikni oshirish yo`llari
- Qizil rang - umuman taqiqlovchi rang bo`lib, agar u biror – bir avtomatlashtirilgan vositaga o`rnatilgan bo`lsa, qizil lampa yonishi odam aralashishi kerak bulgan holat paydo bo`lganini ko`rsatadi, yoki bo`lmasa bajarilayotgan jarayon to`xtab qolganidan dalolat beradi.

- Yashil rang – xabar beruvchi hisoblanadi. Uni ruxsat etiladigan, masalan, mashina jihozlarning ishga tayyorligini bildiradigan, xavfli vaziyatlardan chiqish yo`llarini belgilovchi lampalar sifatida qo`llash mumkin.
- Sariq rang – ogohlantiruvchi hisoblanadi. Bunda, mashina va qurilmalarning avtomat rejimiga o`tishini yoki baъzi bir chegara nuqtaga yaqinlashib qolganini ko`rsatuvchi, qurilishda esa xavfli mintaqalarni to`suvchi vositalarda va zararli moddalar solingan idishlarni belgilashda qo`llaniladi.
Yorug’lik signali keng tarqalgan vositalar qatoriga kirsa ham, uning asosiy kamchiligi signal berilayotgan tomondan qarama-qarshi tomonga qarab turgan odam bu vositalarni ko`rmay qolishi mumkin. SHuning uchun ham yorug’lik signallari doimiy ko`zatib turuvchi operator bulgan vaqtda yaxshi natija beradi.

Ogohlantiruvchi signal vositalari biron-bir xavfli vaziyat vujudga kelishini ogoh etadi. Bunday signallar har xil plakatlar, ogohlantiruvchi yozuvlar, har xil datchiqlarga asoslangan signal tizimlari, mashinalarning ishlash holatini ko`rsatuvchi moslamalar (masalan, qizib ketishi, moylash tizimlarida moy borligini ko`rsatuvchi moslamalar) shular jumlasiga kiradi. Bular uchun maxsus ranglardagi moslamalardan (ranglari GOST 15548-70) foydalaniladi.