Ishlab chiqarishning hamma soha va tarmoqlarida mehnat xavfsizligini oshirish, shikastlanish hamda zararlanishlarning oldini olish uchun maxsus texnik vositalari qo`llaniladi va ularga quyidagilar kiradi.
Ishlab chiqarishning hamma soha va tarmoqlarida mehnat xavfsizligini oshirish, shikastlanish hamda zararlanishlarning oldini olish uchun maxsus texnik vositalari qo`llaniladi va ularga quyidagilar kiradi.
1. Muhofazalovchi to`siq vositalari.
To`siq vositalari ishchilarning ishlab chiqarishning xavfli mintaqalariga tushib qolishiga xalal beradigan qilib o`rnatiladi.
Asosan mashina va qurilmalarning aylanuvchi va harakatlanuvchi taъsir doiralarida, qirqish va ishlov berish joylarini, elektr toki urishi xavfi bulgan va har xil nurlanishlar bulishi mumkin bulgan xonalar, shuningdek havo muhitiga zararli moddalar chiqarayotgan joylar ham to`siq vositalari bilan taъminlanadi. Bundan tashqari qurilish tashkilotlarida, qurilish ishlari bajarilayotgan maydonlar kranlar o`rnatilgan mintaqalar, ishchilarning baland joylardagi ish o`rinlari, to`siq vositalari bilan taъminlanishi shart.
Muhofaza to`siq vositalari GOST 23407-78 talab va qoidalari asosida tayyorlanadi. 2-rasm. Radioaktiv izotoplardan foydalanilgan muhofaza qurilmasi 3-rasm. Fotoэlektrik muhofaza qurilmasi 1 – nur tarqatuvchi manba; 2- magnit g’altagi; 3 – fotoэlement; 4 – prujina; 5 – mufta; 6 – dastak; 7 – rele; 8 – tok manbasi; 9 – g’altak; 10 – doimiy tok manbasi; 11 – temir tayoqcha; 12 - dasta
2. Saqlovchi muhofaza qurilmalari.
2. Saqlovchi muhofaza qurilmalari.
Asosan mashina va jihozlarda zo`riqish vujudga kelganda, ishchi hayoti va sog’ligiga xavf tug’dirishi mumkin bulganda, to`xtatib qo`yishga xizmat qiladigan qurilmalardir.
Zo`riqish bilan ishlayotgan mashina qurilmalarning, elektr motori kuyib ketishidan va qirquvchi vositani sinib ketishidan hamda ishchi hayotiga va faoliyatiga xavf tug’diruvchi vaziyatdan saqlanish maqsadida muhofaza qurilmalaridan foydalaniladi.
Xuddi shunday vazifani bajaruvchi vosita sifatida bosim ostida ishlatiladigan idishlarga o`rnatilgan saqlovchi klapanlar misol sifatida ko`rsatish mumkin.
Saqlovchi qurilmalar, xonadagi zaharli moddalarning miqdori ko`payganda shamollatish qurilmasini avtomatik ravishda ishga tushiradi. Bunday qurilmalardan tsexlardagi havo tarkibida portlashga va yong’inga xavfli bulgan moddalarning meъyoriy miqdori ortib ketib, inson hayotiga xavf tug’dirganda ham qo`llaniladi.