Texnologik jarayonlarning boshqariluvchi obyektlari va ularni vaqt xarakteristikalarini olish. Masalaning qo’yilishi va nazariy asoslari. Obyektlarning xossalarini bilish, avtomatik boshqaruv tizimlarini tuzishda, rostlash qonunlarini tanlashda, xamda rostlagichlarning optimal ko’rsatgichlarni qiymatlarini sozlashda kerak bo’ladi. Obyektlarning xossalarini to’g’ri xisobga olish, o’tish jarayonining yuqoriroq sifat ko’rsatkichiga ega bo’lgan avtomatik boshqaruv tizimlarini yaratish imkonini beradi. Obyektlarning xossalarini inobatga olmaslik, o’z navbatida xatto murakkab qilib tuzilgan boshqaruv tizimlari xam, o’tish jarayonining zarur bo’lgan sifat ko’rsatkichini bera olmasligiga olib kelishi mumkin. Rostlash obyektlarining asosiy xossalarini o’z-o’zini rostlash, sig’im va kechikish vaqtlari kabi ko’rsatkichlar orqali tushuniladi.
O’z-o’zini rostlash deb, boshqarilib turilgan obyekt kirish qiymati o’zgarilganda, yaniy tizimga turtki berilganda, tizim mustaqil ravishda, qo’shimcha qurilmalar yordamisiz yangi muvozanat xolatiga kelishiga aytiladi. O’z-o’zini rostlash obyektlardan kirish qiymatlarini poonalik o’zgarishi chiqishi qiymatini asta- sekin nolga qarab keladigan tezlik bilan o’zgarishiga olib keladi, chunki unda manfiy yo’nalgan teskari ichki aloqa (chiqish-kirishni bolovchi) mavjud bo’ladi. Miqdoriy jixatdan ushbu tavsif o’z-o’zini rostlash darajasi – R bilan aniqlanadi va obyektni turun xolatdagi kirish qiymati – x ni chiqish qiymati U ga nisbatini turun qiymatiga teng bo’ladi, yaoni R=x / u* .
O’z-o’zini rostlash darajasi – R qanchalik kichik bo’lsa, shunchalik chiqish qiymatini birinchi xolatga nisbatan olishi kam bo’ladi.
Obyekt sig’imi - dinamik obyektlarga xos bo’lgan xususiyat deb xisoblanadi. Sig’im obyektlarni inertsiyasini, yaniy kirish qiymatni o’zarishi – chiqish qiymatga qay darajada taosir etishini ko’rsatadi. Baozan kirish qiymatini poonali o’zgarishi chiqish qiymatini yuqori tezlikda o’zgarishiga olib keladi. Siim ko’rsatkichi deganda, kirish qiymatini biror o’zgarilishi x, chiqish qiymati vaqit bo’yicha o’zgarishi nisbatiga aytiladi,
C= ;
Siim qanchalik katta bo’lsa, shunchalik chiqish qiymatini o’zgarilish tezligi kam bo’ladi.
Obyektni kech qolishi deganda, uni chiqish qiymatini o’zgartirishi kirish qiymati o’zgarilganda, malum vaqt oraligi o’tgandan so’ng, boshlanadi, hamda ushbu vaqt kech qolishi vaqti deb ataladi. Barcha obyektlar maolum darajadagi kech qolish vaqtiga ega bo’ladilar, chunki maolum bir ma’sulot oqimini o’zgarishi yoki issiqlikni eng oxirgi tezlikda tarqalishi xam signalini berishi joyidan chiqish ko’rsatgichi kayd kilinayotgan joygacha borishga maolum vaqt o’tishi muqarrar. Ushbu masofani - l va signal o’tishi tezligini s deb belgilasak, unda = l / s.
Kimyo texnologiyasidagi real obyektni belgilovchi differentsial tenglamalarini darajasiga qarab obyektlar birinchi, ikkinchi, yuqori darajali bo’lishlari mumkin. Kirish qiymatini o’zgarishiga qarab muvozanatini turun xolatga olib kelishi qobiliyatiga qarab, obyektlar neytral turgun va turun bo’lmagan turlarga bo’linadilar.