Texnologik jarayonni avtomatlashtirish


I BOB. TEXNOLOGIK JARAYON HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT GTL texnologiyalari asosida sintetik yoqilg’ilar ishlab chiqarish



Yüklə 33,55 Mb.
səhifə2/11
tarix26.08.2023
ölçüsü33,55 Mb.
#140655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Texnologik jarayonni avtomatlashtirish

I BOB. TEXNOLOGIK JARAYON HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

    1. GTL texnologiyalari asosida sintetik yoqilg’ilar ishlab chiqarish. GTL texnologiyasi

«OLTIN YO’L GTL» ishlatadigan texnologiyaning asosida «Sasol» kompaniyasining supenzion distillyatsiya fazasining jarayoni (Sasol Slurry Phase Distillate Process™) (SPD jarayoni) yotadi. Bu jarayon uch bosqichdan iboratdir. Birinchi bosqichda tabiiy gaz kislorod bilan bog‘lanadi va sintez-gaz hosil bо‘ladi. Shundan sо‘ng suyultirilgan gaz Fisher-Tropsh konversiyasi jarayonidan о‘tib, natijada parafinli sintetik hom neft olinadi. Sо‘nggi bosqichda ushbu sintetik hom neft kreking qilinib, tayyor mahsulot olinadi.
Asosiy uch mahsulot dizel, kerosin va naftadan iboratdir.
GTL DIZELI
GTL dizeli yuqori texnik xarakteristikaga ega va tarkibida oltingugurt miqdori deyarli bо‘lmagan, atmosferaga juda kam miqdorda otqin chiqaruvchi mahsulotdir. GTL dizelini toza holda mavjud dizel dvigatellarida yoki an’anaviy dizel mahsulotlari bilan aralashtirish maqsadida xom-ashyo sifatida qо‘llash mumkin. GTL dizeli hom neftdan olinadigan standart dizel yoqilg‘isi bilan solishtirilganda ifloslantiruvchi moddalarni 70% gacha kam chiqaradi, uning toza va tо‘liq yonishi esa dvigatelda chо‘kindilarni kamaytirishga yordam beradi. Bu esa, о‘z navbatida, dvigatelning eskirishini kamaytiradi, uning xizmat muddatini uzaytiradi va moylash materiallarini almashtirish oralig‘ini oshiradi. GTL dizelini shuningdek hom neftdan olingan standart dizel yoqilg‘isi bilan aralashtirish mumkin, bu neftni qayta ishlash zavodini qimmat turadigan qayta jihozlash zaruriyatisiz yoqilg‘ining sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.
GTL KEROSINI
Sayyoramiz ekologik toza havo transportiga muhtojdir, va GTL kerosini avialiniyalar operatorlariga atmosferaga chiqariladigan otqinlarni kamaytirishning xavfsiz va daromadli usulini taklif qiladi. «OLTIN YO'L GTL» ishlab chiqaradigan GTL kerosini О‘zbekistonga dunyodagi eng zamonaviy aviatsion yoqilg‘ining sanoqli ishlab chiqaruvchilardan biri bо‘lish imkoniyatini beradi. Sintetik yoqilg‘idan foydalanish hozirgi zamon aviatsiyasiga xos xususiyatidir, ammo texnik tasnifi va atmosferaga chiqaradigan otqinlar miqdori nuqtai nazaridan GTL kerosini hozirgi paytga qadar erishilgan barcha narsadan afzal bо‘lish salohiyatga egadir. Aviatsiya sohasi GTL mahsulotlarining ulkan salohiyatini amalga oshirish mumkin bо‘lgan yana bir qimmatli va turg‘un jahon bozoridir.
GTL NAFTASI
GTL naftasi о‘z toifasidagi eng zо‘r mahsulotdir. Yuqori parafinli mahsulot bо‘lgan GTL naftasi tarkibida amalda aromatik uglevodorodlar yoki oltingugurt yо‘q va shu bilan birga, juda kam miqdorda metall aralashmalari bor. Yengil parafinli nafta turlari etilen krekingi uchun eng samarali xom ashyo hisoblanadi.
Etilen esa neft-kimyo sanoatining asosiy tashkil etuvchi elementlaridan biridir; u polietilen, polistirol va hokazalar kabi turli plastmassa turlarini ishlab chiqarish uchun boshlang‘ich hom ashyo hisoblanadi.
Odatda parafin GTL naftasi tarkibining 98% tashkil etadi, bu parafin miqdori 65-75% tashkil etuvchi standart tasnifli oddiy nafta kо‘rsatkichidan sezilarli darajada yuqoridir. GTL naftasining yana bir ustun jihati kreking jarayonida pech quvurlarining kokslanish koeffitsiyentining pastligidir.

Jarayon asosida sintez gazni olish bilan metanni oksidlash reakstiyasi va sintez gazni suyuq yoqig’iga qayta ishlash yotadi. GTL texnologiyasini qo’llash u yoki bu sabablarga ko’ra bozorga chiqarib bo’lmaydigan gaz resurslarini foydali ishlatish uchun maqsadga muvofiqdir. Odatda, bu jarayon yirik gaz konlarida va yuqori gaz olish bo’lgan neft konlarida yo’ldosh neft gazlarini foydali ishlatishda qo’llaniladi.
GTL texnologiyasi sanoat miqyosida ancha katta kapital mablag’larni talab qiladi va neft narxining o’zgarishiga juda sezgir. Quvvati yiliga 20 ming t bo’lgan birinchi zavod 1991 yilda JAR da qurildi. An’anaviy GTL mahsulotlar metanoldan tashqari o’z ichiga sirka kislota, olefinlar, dimetil efirini (dizel yoqilg’isining komponenti sifatida ishlatilishi mumkin), mochevina ammiak, mineral o’g’itlarni va uglerod zanjirining uzunligi har xil bo’lgan sintetik uglevodorodlar. Bu texnologiya yordamida past qaynaydigan, alkanlar, polioksimetilenlar, nafta, benzin sifatida qo’llaniladigan distillyatlar, kerosin, dizel yoqig’isi, surkov moylar va parafinni olish mumkin.
Sintez sharoitini o’zgartirib turib suvli gaz asosida kislorod saqlagan gazlarni xususan spirtlar metanol vaetanolni oladilar, ular esa avtomobil benzinning komponenti sifatida qo’llanilishi mumkin, vaholanki ular ma’lum kamchiliklarga ega (benzin bilan qo’shilganda qatlamlarga bo’linish mumkinligi, gidroskopligi, korrozion faolligi, yuqori bug’lanish issiqlik). Hozirgi vaqtda Yaqin Sharq mamlakatlarida (Qatarda) bu texnologiya sanoat rivojini topdi (2010 yilda “Shell” neft kompaniyasining texnologiyasi bo’yicha bir yilda 1,6 mlrd. m3 gazni to’g’ri haydalgan benzin, kerosin, dizel frakstiyalari va bazali moylarga qayta ishlash bo’yicha zavod ishga tushirilgan. Mahsulot sifatini oshirish uchun gidrokreking bosqichi shart.


    1. Yüklə 33,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin