2. Maxsulot tannarxiga kiritiladigan sarf xarajatlar tarkibi maxsulot tannarxining iqtisodiy mazmuni; Maxsulot tannarxi asosiy sifat kо‘rsatkichi bо‘lib, unda korxonalarning xо‘jalik faoliyatlaridagi xamma nuqson va muvaffaqiyatlari ifodalanadi, mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga ketgan sarf-xarajatlarining pul ifodadagi yig‘indisidir. Maxsulot ishlab chiqarish va sotishga ketgan sarflar qanchalik kam bulsa, shunchalik ishlab chiqarishning samaradorligi oshadi.
Mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bо‘lgan xarajatlarning puldagi ifodasi esa mahsulot ishlab chiqarish tannarxi deb ataladi.
Tannarx – maxsulot qiymatining asosiy qismini tashkil etib, uni baxosini belgilashda asos xisoblanadi. Shuning uchun maxsulot tannarxini kamayishi amalda uni narxini pasayishini ta’minlaydi va foydani kо‘payishida manba xisoblanadi.
Foyda va maxsulot tannarxining axamiyati ayniqsa bozor munosabatlari sharoitida oshib ketdi, chunki foyda korxona faoliyatining asosiy manbaasini tashkil etadi.
Maxsulotning ishlab chiqarish tannarxi Maxsulotning ishlab chiqarish tannarxiga uni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bо‘lgan xarajatlar kiradi va ular quyidagilardan iborat:
1. Tо‘g‘ri va yondosh moddiy xarajatlar;
2. Mexnatga doir sarflangan tо‘g‘ri va yondosh xarajatlar;
3. Qolgan ishlab chiqarishga taaluqli xarajatlar (shu jumladan ustama xarajatlar).
Boshqa ishlab chiqarish sarflari – bularga oldin qayd etilgan moddalarga kirmagan sarflar kiradi – soliqlar, tо‘lovlar, maxsus fondlarga tо‘lanadigan ajratmalar, kreditlar bо‘yicha tо‘lovlar (belgilangan stavkalar, chegarasida), komandirovkalar bо‘yicha xarajatlar, aloqa xizmati va boshqa ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash bо‘yicha sarflar kiradi.
Mahsulot tannarxiga qо‘shilish usuliga qarab ishlab chiqarish xarajatlari 2 guruxga bо‘linadi:
1. Bevosita (tug‘ri) xarajatlar. 2. Bnlvosita (yondosh) xarajatlar.
Bevosita (tо‘g‘ri) xarajatlar deb tegishli kalkulyatsiya obyektining tannarxiga tо‘ppa-tо‘gri, ya’ni bevosita о‘tkaziladigan xarajatlarga aytiladi. Masalan, texnologik maqsadda sarflangan xom ashyo va asosiy materiallar, ishlab chiqarishda band bо‘lgan ishchilarning asosiy ish haqi va hokazo.
Yondosh xarajatlar bir necha xil mahsulogni tayyorlash bilan bog‘liq (energiya, suv, bug‘ va hokazolar sarfi), shuning uchun ular mazkur mahsulot turlari о‘rtasida taqsimotning aniq bazalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.