Texnologik jarayonni avtomatlashtirish



Yüklə 33,55 Mb.
səhifə7/11
tarix26.08.2023
ölçüsü33,55 Mb.
#140655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Texnologik jarayonni avtomatlashtirish

to`rt -o‘rtacha ko‘rsatgich;
Demak, ishlayotgan tizim 1.8% ga xatolik bilan ishlar ekan. Biz tanlagan o‘lchov asboblari va rostlagich tizim uchun mos keladi.

2.3. Boshqarish tizimining arxitekturasi


Boshqarish tizimi arxitekturasi bayoni
Kimyo va oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish samaradorligi hamda mehnat unumdorligini oshirishda ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yо‘nalishlaridan biri bо‘lgan texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (TJABT)ni yaratish va tatbiq etishdir. Hisoblash texnikasi asosida yaratilgan TJABT lar, texnologik komplekslarni boshqarishda mahsulotning sifat va qiymat kо‘rsatkichlarini ma’lum texnologik va texnik-iqtisodiy mezonlardan foydalanib, axborotlarni markazlashgan tarzda hisoblaydi. Kimyo va oziq-ovqat sanoatida о‘zgarib turadigan tashqi muhitning ta’sirlari sharoitida ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish TJABTning asosiy masalasidir.
Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini sanoatga tatbiq etish ishlab chiqarish unumdor­ligini, texnologik uskunalar quvvati о‘zgarmagan olda mahsulot qiymatining kо‘payishini kо‘rsatadi: xom ashyo, yarim fabrikatlar va energiya keragicha sarflangan holda tayyorlangan mahsulotning sifati yaxshilangan. Shunisi diqqatga sazovorki, bu tizimlarni yaratishga ketgan mablag‘lar, odatda bir, bir yarim yilda о‘zini qoplagan; mahsulotlarning sifati, iqtisodiy kо‘rsatiichlar yaxshilanibgina qolmay, balki mehnatning xarakteri va sharoitiga ham ijobiy ta’sir etgan.
TJABT larni quyidagi belgilari bо‘yicha sinflarga bо‘lish mumkin:
1) avtomatlashtirilayotgan ishlab chiqarishning xarakteri bо‘yicha ;
2) boshqarish obyektlarining murakkabligi bо‘yicha;
3) funksional algoritmik belgisi bо‘yicha(tizim hisoblaydigan boshqarish masalalari kо‘lami va axborot hajmi);
4) tizimning texnik darajasi bо‘yicha;.
Boshqarish obyektlarining murakkablik darajasi sifatida nazorat qilinayotgan parametrlar va boshqaruv ta’sirlarining qiymati ifodalanadi.TJABT ning nomenklatura asosini oldindan taxminan belgilab beradi va tadqiqot planiga asos bо‘lib xizmat qiladi.
Shuni qayd qilib о‘tish kerakki, TJABT yordamida texno­logik jarayonlarni avtomatik va avtomatlashtirilgan (odam ishtirokida) ravishda tashkil etish mumkin, uning ishlab chiqarishning ABT sidan prinsipial farqi ham shudir, odam bunda korxonaning iqdisodiy faoliyatini boshqarish zanjirida ishtirok etadi
Texnologik jarayonlar darajasidagi boshqarish tizim­lari real vaqt masshtabida, ya’ni texnologik jarayonlar bilan bir vaqtda ishlashi lozim. Bu holda boshqaruvchi hisoblash mashinasiga (BHM) axborotlar hajmi cheklangan massivlar shaklida emas, balki amalda cheksiz tasodifiy ketma-ketliklar shaklida beriladi. Axborotlarni qayta ishlash esa chek­langan vaqt birligida bajariladi, ularning qiymati boshqa­rish vazifasi va obyektlarning dinamik xususiyatlariga bog‘liq. Bundan TJABT larni algoritmik ta’minlashda qо‘shimcha talablar vujudga keladi: ular о‘zlarini iqtisodiy jihatdan oqlashlari lozim, ya’ni birinchidan, axborotni qayta ishlashga ketgan vaqt bо‘yicha, ikkinchidan esa BHM ning xotirasidan foy-dalanish hajmi bо‘yicha, boshqacha qilib aytganda kelayotgan axborotni о‘z vaqtida «kо‘rib chiqish» kerak. Bu talablarga iterativ siklik hisoblash (staxostik approksimatsiya yо‘li bilan hisoblash, rekursiv regressiya yо‘li va shu kabilar) usuli javob beradi. Ulardan quyidagi masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin:
1) texnologik nazorat va texnika-iqtisodiy kо‘rsatkichlarni hisoblash vazifalarini о‘rganganda kerakli foydali signalni ajratib olish;
2) kо‘p о‘lchashli, raqamli boshqarishda;
3) identifikatsiyalash va adaptatsiyalashda;
4) optimallash va koordinatlashda.
Texnik darajasi va murakkabligining ortishiga qarab TJABT ni lokal, kompleks va integrallangan tizimlarga ajratish mumkin.
TJABT lar murakkab, kо‘p funksiyali tizimlar turiga kiradi. Bu sinfning kо‘p funksiyaliligi qator omillar bilan ifodalanadi, ya’ni: identifikatsiyalash, nazorat, himoya va blokirovka, rostlash va boshqarish kabi ayrim funksional yordamchi tizimlarning borligi; lokal, ayrim boshqarish masalalarining umumiy, global maqsadga bо‘ysunishining natijasi; yordamchi tizimlar orasidagi( kо‘p sonli aloqalarning borligi; ayrim obyektlarni boshqarishning markazlashuvi va, nihoyat, turli funksiyalarni bajarishda bir xil texnik vositalardan foydalanish imkoniyati mavjudligidir. TJABT lar bajargan funksiyalarni quyidagi uch guruhga bо‘lish mumkin: axborot, boshqaruv va yordamchi.
TJABT larning axborot funksiyalari ishlab chiqarish xodimlariga (operatorlarga, dispetcherlarga) texnologik jarayonda bо‘layotgan о‘zgarishlarni о‘z vaqtida bilishga imkoniyat yaratadi, texnologik jarayonlarning ketishi aniq axborotlar ishlab chiqishda keraksiz mahsulotlar kamayishiga olib keladi. TJABT larning axborot funksiyalari quyidagichadir:
1) texnik va texnologik axborotdarni tо‘plash, dastlabki ishlash va saqlash;
2) jarayon va texnologik uskunalar holatining parametrlarini bilvosita о‘lchash;
3) texnologik jarayon va uskunalar parametrlarining holatini belgilash hamda signal berish;
4) texnologik jarayon va texnologik uskunlarning ishlashi haqida texnika-iqtisodiy va foydalanish kо‘rsatkichlarini hisoblash;
5) yuqori va qо‘shni tizimlarga hamda boshqarish bosqichlariga axborotni tayyorlab berish;
6) texnologik jarayon parametrlari, texnologik uskunaning holati va natijalarni qayd qilish;
7) jarayon parametrlari va uskunalar holatida berilgan qiymatdan farqlarini nazorat qilish;
8) texnologik uskunalarning himoya va blokirovka vositalari ishini tahlil etish;
9) texnik vositalar komplekslari holatini diagnoz qilish va oldindan aytish;
10) texnologik jarayonlarni olib borish, shuningdek, texnologik uskunalarni boshqarish uchun axborot va kо‘satmalarni operativ ravishda tayyorlash;
11) yuqori bosqichli va qо‘shni boshqarish tizimlari bilan axborotning avtomatik almashinishini ta’minlash.
Bu ma’noda boshqarilayotgan texnologik jarayon deganda kirishdagi nazorat qilinayotgan parametrlari aniqlangan, obyektning kirishidagi ta’sirlari bilan chiqish parametrlari orasidagi bog‘lanishi topilgan va jara­yonning boshqarish usullariga asoslangan jarayonga aytiladi.
Xozirgi vaqtda METRAN tizimi mikroprotsess qurilmalarining yig‘indisidan iborat bо‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarish tizimlarida uchraydigan har qanday vazifalarni yuqori ishonchlilikda va operativ ravishda yechish imkoniyatiga ega.
Bu tizim unitsifikatsiyalangan, birlashgan arxitekturadan iborat bо‘lib, favqulotda vaziyatlar, himoya va blokirovka vositalari hamda informatsiyani boshqarish kabi texnologiyalarni о‘z ichiga oladi.
Tizimning taqsimlangan funksiyalari uzluksiz, mantiqan va ketma-ket boshqarishga asoslangan rezervlashgan kontrollerdan iborat. Umumishlab chiqarish arxitekturasini birlashtirgan bu tizim kerakli mahsulotni kerakli vaqtda tayyorlash, jarayonni optimallashtirish va avtomatlashtirish, shu bilan birga baxtsiz hodisalarning kamayishiga imkoniyatini yaratadi.
Unifikatsiyalangan boshqarish arxitekturasi ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlar va bilimlar bazasi orqali birlashtirishni ta’minlaydi.
Yexperion PKS asosidagi avtomatik boshqarish tizimi (ABT) yoki texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimi arxitekturasi (TJABT) kо‘p pog‘onali iyerarxik tizimni ifodalaydi. Bunday tizimlarning asosiy kriteriyalari – ishonchlilik, zamonaviylik va tezkor axborot almashinishdan iborat.
Umumiy holatda avtomatik boshqarish 5ta blokdan tuzilgan:

  • Operator xonasi

  • Muxandislik xonasi

  • Serverxona

  • Apparat xonasi

  • Texnologik maydon

Texnologik maydon – birlamchi signal о‘zgartirgichlar, ijrochi mexanizmlar bevosida о‘rnatiladigan joy, ya’ni texnologik jihozlar, binoning о‘zi yoki apparat.
Apparat xonasi – avtomatlashtirishning mantiqiy-apparat uskunalari о‘rnatiladigan joy.
Avtomatlashtirish tizimini boshqarish huquqi iyerarxiyasi quyidagi kо‘rinishga ega:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin