Metod komissiyalar-
o’quv muassasasida fanlar, ya’ni bir-biriga yaqin
fanlar bo’yicha eng kamida beshta muhandis-pedagog va usta bo’lgan
taqdirda tuzilishi mumkin, ba`zi hollarda chilangarlik, metallarga ishlov
berish mutaxassislari bo’yicha ham tuzilishi mumkin. Agarda o’quv
muassasasida bitta fandan 3 dan ortiq muhandis-pedagoglar bo’lsa fan
bo’yicha ham tuzilishi mumkin. Masalan: materialshunoslik,
matematika, fizika va boshqalar. Uslubiy komissiya raislari eng tajribali
o’qituvchi, ustalardan shakllanadi.Metod komissiyalar o’z fanlari,
maxsus fanlari bo’yicha o’quv jarayonini tashkil qilish, yangiliklarni
dars
jarayonida
tadbiq
etish,
o’qitish,
uslubiy vositalarini
takomillashtirish, nazariyani amaliyot bilan bog’lash, fanlarning ketma-
ket o’tilishini belgilash, o’quv uslubiy materiallarni muhokama qilish va
boshqalar bilan shug’ullanadi.Fanga oid muammolarni uslubiy
komissiyalar hal qiladi. Ya`ni ular: o’quv muassasalarini o’rganish,
takomillashtirish, ishlab chiqarish ro’yxati va mahsulotlar ishlab
chiqarish texnologik xujjatlari; nazorat
ishlari mazmunini tahlil etish,
o’quvchilarning o’zlashtirishini tahlil etish, muhokama etish; ilg’or
pedagogik, ishlab chiqarish tajribalarini o’quv jarayoniga tadbiq etish,
texnik vositalardan samaradorlik bilan
foydalanish va boshqalarni
amalga oshiradi.