Texnologiya faniga oid metodik ishlar



Yüklə 47,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix25.12.2023
ölçüsü47,64 Kb.
#194715
1   2   3   4
\'Texnologiya faniga oid metodik ishlar (1)

 
Metodik kengashlar-
bu jamoaviy uslubiy ish turi bo’libina 
qolmay balki alohida muammolarni hal etishni o’z ichiga oladi 
(pedagogik, 
uslubiy).
Metodik 
kengashlarning-
instruktsiyali, 
axborotli va xisobotli turlari mavjud. 
Ilmiy-amaliy konferensiyalar -
o’qituvchilar tomonidan va 
boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda o’quv tarbiyaviy jarayonni 
takomillashtirishga mo’ljallangan mavzu bo’yicha qilingan nazariy 
va amaliy ishlar natijasining muhokamasi, qaror, tavsiyalar qabul 
qilish. 
Pedagogik o’qishlar -
ilg’or pedagogik tajribalarni aniqlash, 
umumlashtirish va tadbiq etish maqsadida o’tkaziladi hamda o’quv 
tarbiya jarayonini takomillashtirishga oid masalalarni muhokama 
qiladi.Pedagogik o’qishlar tashkil qilishda o’quv muassasalarida 
ko’rgazmalar tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Didaktik vositalar 
o’quv uslubiy qo’llanmalar o’quvchi ish rejalaridan namunalar, 
darslar rejasi, konspekti, uslubiy qo’llanmalar va boshqalar. 


 
3.Uzluksiz 
metodik 
xizmat 
va 
uning 
ta’lim 
muassasalaridagi metodik ishlar tizimini boshqarishdagi o’rni. 
Ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni jumladam 
metodik ishlsrning samaradorligi ko‘p jihatdan metodik xizmat 
ko‘rsatish tizimining izchil yo‘lga qo‘yilishiga bog‘liq. Bu jarayonda 
metodistning, xususan, ular orqali amalga oshiriladigan metodik 
xizmat ko‘rsatish tizimining o‘ziga xos o‘rni, mas’uliyati bor.
Uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatishdan maqsad ta’lim
muassasalariga metodik xizmatni tashkil etish va muvofiqlashtirib 
borish, ularni metodik adabiyotlar bilan ta’minlanish ahvolini 
o‘rganish va tahlil qilish, takliflar tayyorlash, ilg‘or
texnologiyalarini dars jarayonida qo‘llayotgan pedagoglarning ish 
tajribalarini o‘rganish, ommalashtirish hamda ta’lim-tarbiya sifat-
samaradorligini oshirish yo‘nalishidagi metodik tadbirlarni tashkil 
etish, metodik yordam ko‘rsatishni belgilab berishdir. 


2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarida faqatgina fan metodbirlashmalari va pedagogika 
kengashi faoliyat ko‘rsatadi. 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, 
umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi fanlar bo‘yicha metodbirlashma 
hujjatlari soni 6 tadan 3 ta etib belgilandi. 
Bular: yillik ish reja; yig‘ilish bayonnomasi; yillik hisoboti. 
Xalq ta’limi tizimidagi faoliyat uyritayotgan uslubiy 
organlar- 
Umumiy 
o‘rta ta’lim 
maktablarining 
metodika 
birlashmalari, Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining pedagogic 
kengashi, tuman xalq ta’limi bo’limu xuzuridagi Metodik kengash
hududiy xalq ta’limi boshqarmalaei xuzuridagi O'quv-metodik 
kengash,Respublika ta’lim markazi huzuridagi ilmiy-metodik 
kengashlari rahbarlari, kengash a’zolari va metodistlari Ta’lim 
muassasalarida metodik ishlar tizimini boshqarishqaradi va ularning 
ishlarini muvaffiqlashtirib boradilar. 


 
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tizimda uzluksiz metodik 
xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida 2020 yil 13 
avgustda qabul qilindi 183-son buyruq asosida faoliyat yuritadi. Xalq 
ta’limi vazirligi tomonidan tizimda uzluksiz metodik xizmat 
ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida 2020 yil 13 avgust 
sanasi bilan 183-son buyruq qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2020-2021 
o‘quv yilidan: 
-xalq ta’limi tizimidagi 9 ta uslubiy organlardan samarasiz 
bo‘lgan 4 ta uslubiy organlar faoliyati yakunlandi; 
-umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha 
metodbirlashmalarning hujjatlari soni 6 tadan 3 taga qisqartirildi; 
- fan metodistlarining amaldagi 24 ta me’yoriy hujjatlari 6 taga 
tushirildi; 
-o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan fan oyliklari va 
o‘qituvchilarning metod kunlari qayta ko‘rib chiqilib, belgilandi; 
-umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz 
metodik xizmat ko‘rsatish tartibi belgilandi. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi uslubiy-boshqaruv organlar 
soni 3 tadan 2 taga kamaytirildi. 


 
Xalq ta’limi tizimidagi uzluksiz metodik xizmat oz 
ichiga quyidagilarni qamrab oladi: 
1.Umumiy o‘rta ta’Iim maktabining Metodbirlashmalar. 
2. pedagogika kengashi pedagogika kengashi. 
3. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzuridagi 
Metodik kengash. 
4. Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va 
viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi O‘quv-
metodika kengash. 
5.Respublika ta’lim markazi huzuridagi ilmiy-metodik 
kengash. 


E’tiboringiz uchun 
raxmat! 

Yüklə 47,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin