Mustaqil ish topshiriqlari: 1.Ayiqcha o‘yinchog‘i uchun andoza tayyorlang.
2.Gazlamadan ayiqcha yumshoq o‘yinchog‘ini tiking.
14 – Mavzu: Kartondan harakatlanuvchi o‘yinchoqlar yasash. Reja: 1. Harakatlanuvchi o‘yinchoqlar haqida ma’lumot berish.
2. Modellar yasash texnologiyasini tushuntirish.
3. Kartondan harakatlanuvchi o‘yinchoqlar yasash texnolo giyasini o‘rgatish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Harakatlanuvchi o‘yin choqlar va modellar yasash haqida ma’lumot berish. Kartondan harakatla-nuvchi o‘yinchoqlar yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Pedagogik vazifalar: • talabalarning kartondan o‘yinchoqlar yasash haqidagi bilim larini aniqlash;
• kartondan modellar yasash haqida tushunchalar berish;
• kartondan harakatlanuvchi o‘yinchoqlar yasash texnolo giya sini o‘rgatish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, “Aqliy hujum”, amaliy ish, tushuntirish, ko‘rgazmalilik.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, kartondan tayyorlangan harakatlanuvchi o‘yinchoq turlaridan namunalar, ko‘rgazmalar,
karton, kley, qaychi, qog‘oz.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini
umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
1. Karton turlarini bilasizmi?
2. Kartonni modellashtirish texnologiyasi qanday?
3. Texnik modellashtirish nima?
4. Kartondan texnik modellashtirish ishining asosiy mazmuni?
5. Texnik modellashtirishning asosiy maqsadi nima?
Kartondan modellar yasashda quyidagi bilimlarga ega bo‘ladilar: 1. O‘quvchilar model va maket haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
2. Qo‘l asboblari va moslamalarning tuzilishi bilan tanishadilar.
3. O‘quvchilar avval o‘qituvchi yordamida, so‘ngra mustaqil tarzda
modelni yasay bilishlari: ularning xususiyatlarini, ayrim qismlarini,
qismlar o‘lchovining bir-biriga munosibligini o‘rganishlari.
4. Modelni tayyorlash uchun qanday material zarurligini aniqlay olishlari.
5. Ish joyini jihozlashlari.
6.Belgilash, o‘lchash, ishlov berish, yelimlash va pardozlash bosqichlarini
bajarishlari.
7. O‘zini-o‘zi nazorat qilish va o‘z mehnatini hisobga olishlari kerak.