Plastilinga ishlov berish usullari Yumaloqlash – bu olma kabilar shaklini berishdir.
Bir bo‘lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan yasaladi.
2. Oval yasash. Keyin uzunasiga harakatlar bilan uni tuxum, ustun
kabilarga aylantirish.
3. Yassilash – sharikdan yassi non yasaladi, qo‘lning holati doimo
o‘zgarib turadi.
4. Cho‘zish – sharikning bir qismi cho‘ziladi.
5. Surish(yamash) – buyumning ayrim qismlarini o‘zaro biriktirish.
Plastillindan choynak yasash texnologiyasi 1. Plastilinni kerakli xajmda olib yumoloq shaklga keltiriladi.
2.Choynakning jumragi, qapqog‘I, dastasi alohida plastillindan olib yasaladi.
3. Choynakga avval jumragi biriktiriladi.
4. Keyin dastasi va qapqog‘I biriktiriladi.
5. Choynakga bezak berish uchun gul shakllari qizil rangli plastillindan tayyorlanadi va choynakka biriktiriladi.
6. Oxirgi ish choynakning barcha qismlarni biriktirilgan joylari
tekislanadi.
Mustaqil ish topshiriqlari: 1. Plastilindan turli uy jihozlarini yasang.
2. Plastilindan turli meva shakllarini yasang.
Baholash qismi. Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.
11 – Mavzu: Plastillindan turli o‘yinchoqlar yasash. Reja: 1. Plastilin haqida ma’lumot berish.
2. Plastilin bilan ishlash qoidalari.
3. Plastilinga ishlov berish.
4. Plastilindan turli o‘yinchoqlar yasash texnologiyasini tushuntirish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga plastilin va uning
turlari haqida ma’lumot berish. Plastilinga ishlov berish va turli o‘yinchoqlar yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Pedagogning vazifalari: • talabalarning plastilin haqidagi bilimlarini aniqlash;
• plastilin va uning turlari haqida ma’lumot berish;
• plastilinga ishlov berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish;
• plastilindan turli o‘yinchoqlar yasash texnologiyasini o‘rgatish;
• natijalar taqdimoti, muhokama va baholashga o‘rgatish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, “Aqliy hujum”, amaliy ish, ko‘r gaz -
malilik.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, ko‘rgazmalar,
plastilindan yasalgan o‘yinchoqlardan namunalar, plastilin qalamchalari stek, taxtakach, sochiq.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
1. Plastilinga shakl berish usullarini bilasizmi?
2. Qanday o‘yinchoqlar plastilindan yasaladi?
3. Plastilindan o‘yinchoqlar yasashda qanday asboblardan foydalaniladi?
Plastilindan filcha o‘yinchog‘ini yasash uchun plastillin bilan ishlash
qoidalariga va plastillinga ishlov berish usullariga amal qilish lozim.