Talabalar tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, jumladan ishlab chiqarishda ijtimoiy munosabatda zarur bo‘lgan fan asoslarining qonunlari, omillari va tushunchalarini o‘zlashtirish natijalari.
Ko‘nikma-
Ilgari olingan tajriba asosida harakatni bajara olish qobiliyatidir.
Ma’lumot-
Ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va umumlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan ilmiy dunyoqarashlar majmuidir.
Malaka-
yuksak darajada o‘zlashtirishni xarakterlovchi harakatdir.
Maqsad-
kutilgan, lekin erishilmagan natija.
Nazorat -
bu bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirish jarayonini kuzatish.
O‘qish-
o‘quvchini o‘rganuvchilik faoliyatidir.
O‘qitish-
ta’lim maqsadini amalga oshiruvchi o‘qituvchini o‘rgatuvchilik faoliyatidir.
O‘quv dasturi-
davlat hujjati bo‘lib, unda muayyan o‘quv predmeti mazmuni ochib beriladi va o‘quv
yili davomida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi ko‘rsatiladi.
O‘z-o‘zini o‘qitish-
bilimlarni o‘zlashtirish va izlash bilan bog‘liq bo‘lgan insonni maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati.
Pedagog faoliyati-
mutaxassisning maxsus tayyorlangan faoliyati bo‘lib, tarbiyachining kasbiy onggi va ijtimoiy buyurtmadan kelib chiqadigan maqsad va vazifalardan aniqlanadi
Pedagogik jarayon-
o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro aloqadorligi asosida maxsus tashkil etilgan shaxsni ta’limi, tarbiyasi va rivojlanishini ta’minlovchi jarayon.
Rivojlanish-
insondagi sifat va miqdor o‘zgarishi bo‘lib, uning ma’naviy, ijtimoiy, ruhiy, jismoniy, aqliy turlari mavjud
Ta’lim-
davlat, jamiyat inson qiziqishlarini ifodalovchi maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya jarayonidir.
Ta’lim mazmuni-
o‘qituvchi tomonidan berilishi, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlar tizimi va axloqiy g‘oyalar to‘plamidir.
Ta’lim metodi-
bu ta’lim vazifasini hal qilishga yo‘naltirilgan, o‘qituvchi va o‘quvchini birgalikdagi faoliyatidir.
Ta’lim vositasi-
bu bilimlarni olish, malakalarni shakllantirish manbai hisoblanib, ularga ta’lim jarayoni uchun mo‘ljallangan, uni samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan, maxsus ishlab chiqilgan predmetlardir.
Taqqoslash-
o‘rganilayotgan hodisalar orasidagi o‘xshashliklarni va farqlarini o‘rnatish.
Tekshirish -
bu o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma, malakalarni baholash uchun bajariladigan harakatlar va operatsiyalar tizimi.
Ob’ekt yunoncha so‘z bo‘lib,uning qo‘llanishiga ko‘ra turlicha ifodalanadi.Ulardan birinchisi ongimizdan tashqarida mavjud va bizning ongimizga bogliq bo‘lmagan holdagi tashqi olam bo‘lib,bilishning,shuningdek, sub’ektning amaliy tasir predmeti hisoblanadi va ikkinchisi qaysidir faoliyat bo‘yicha o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan manba.
Bilish qobiliyati- Fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatdir.
Idrok-
Borliqni odam ongida aks etishidir
Ijodkor shaxs -
Faoliyat natijasida, yangiliklar yaratishga intiluvchan va imkoniyati bor shaxs.
Ilmiy bilimlar-
Voqelikning haqqoniy in’ikosidir
Intizom-
Maqsadga erishishda, qilinayotgan ishlarda keragicha va maslahatga muvofiq tartibli ravishda bajariladigan hatti –harakat.
Islohot-
Isloh qilish, tubdan o‘zgartirish, qaytadan qurish, yangidan tashkil qilish.
Iqtisodiy Tayyorgarlik-
Shaxsning talab, ehtiyoj va imkoniyatiga qarab, tanlagan sohasi yoki kasbi bo‘yicha nazariy va amaliy iqtisodiy bilimni egallashi hamda kasbiy- iqtisodiy faoliyatga tayyorgarlik holati.
Iqtisodiy tafakkur-
Iqtisodiy fikrlash tarzi bo‘lib, iqtisodiy bilim, tushuncha va qonuniyatlarning o‘quvchi ongida muayyan tizimda aks etishi, uning iqtisodiy ongi holati.
Malaka-
Ongli ravishda bajariladigan ishning bir xil mehnati, ko‘p marta takrorlanadigan, avtomatlashib ketgan tarkibiy elementidir.
Talaba va o‘qituvchi faoliyatining o‘zaro ta’sir etishini muhokama qilishiga mo‘ljallangan ta’lim jarayonini tashkil etish shakllari.
Ma’naviyat -
Arabcha “ma’naviyat” – ma’nolar majmui“ma’no” yoki
“ma’naviyatun”, “ma’naviy g‘oya” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “ruhiy holat” degan ma’noni anglatadi. Kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, diniy tasavvurlar, tushunchalari yaqin va ular bir-birlarini taqozo etadilar.
Mehnat-
Kishilarning qobiliyatini amalga oshirish jarayonidir.
Mehnat tarbiyasi-
shaxsga mehnatning mohiyatini chuq ur ang latish, ularda mehnat va mehnat faoliyatiga ongli munosa batni, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasb iy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedag o gik jarayondir.