«texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə41/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#207642
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
texnologiya 2-kurs 2023-2024

Baholash qismi.
Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.

7 – Mavzu: Kartondan rasm uchun ramka yasash.
Reja:
1. Rasm ramkalari haqida ma’lumot berish.
2. Kartondan rasm ramkalari yasash haqida ma’lumot berish. 
3. Kartondan rasm ramkalari yasash texnologiyasini tushun tirish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Rasm ramkalari haqida ma’lumot berish. Kartondan rasm ramkalari yasash haqida tushun chalar berish. 
Kartondan rasm ramkalari yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Pedagogik vazifalar:
• talabalarning rasm ramkalari haqidagi bilimlarini aniqlash;
• kartondan rasm ramkalar yasash haqida tushunchalar berish;
• kartondan rasm ramkalar yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, amaliy ish, ko‘rgazmalilik.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, kartondan yasalgan ramkalardan namunalar, ko‘rgazmalar, karton, kley, qaychi, qog‘oz, turli bezaklar.
Kartondan rasm ramkasi yasash texnologiyasi: O‘qituvchi rasm ramkalari haqidagi bilim va tasavvurlarini aniqlay di.
– Rasm ramkalari nimalardan tayyorlanadi?
– Rasm ramkasidan nima maqsadda foydalanadi?
– Kartondan rasm ramkalari qanday yasaladi?
– Rasm ramkasiga bezak berishda qanday materiallardan foydalansa 
bo‘ladi?
O‘qituvchi o‘quvchilarning javobini umumlashtirgan holda suhbatga yakun yasab, rangli karton, rangli qog‘oz tanlab olib rasm uchun ramka tayyorlash usullari haqida tushunchalar beradi. Bunday ramka-lardan qanday
maqsadda foydalanish, uning tayyorlanishi to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. Amaliy ishni boshlashdan oldin o‘quvchilarning darsga tayyorligini tekshiradi.
Yasash bosqichlari: Ikki xil rangdagi rangli va rangsiz kar ton olinadi. 
Uzunligi 15 sm, bo‘yi 10 sm o‘lchamda kesib olinadi. Rangli kartonga rasm ramkaning shakli chiziladi va stek yordamida kesib olinadi. 
Rangli karton rangsiz kartonga yelimlanadi. Rasm solish uchun ramkaning bir qismi ochiq qoldiriladi. Rasm ramkasining orqa tomoniga tirgagich tayyorlash uchun rangsiz kartondan tirgagichning shakli chizib, qirqib olinadi va rasm ramka 
orqasiga mahkamlanadi.
Tayyor rasm ramkalariga bezak berish ishlari amalga oshiriladi. 
Bezak berishda turli qirqilgan gullardan, pistonlardan, munchoqlardan 
foydalanish mumkin.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin