«texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə38/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#207642
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
texnologiya 2-kurs 2023-2024

VI. Uyga vazifa berish. Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.
6 – Mavzu: Ertak qahramonlari asosida applikatsiya tayyorlash.
Mashg‘lotning maqsadi: Rangli qog‘oz bilan ishlashga o‘rgatish, applikatsiya haqida ma`lumot berish, ijod qilishga, ertak qahramonlari tasvirini ishlashga o‘rgatish.
Dars uchun kerakli jihozlar: Rangli qog‘ozlar, qaychi. yelim, bo‘yoqlar, ertak qahramonlari, kitoblar, tayyorlangan tas`vir.
Mashg‘lotda foydalanadigan usul: Bu darsni musobaqa va tanlov tarzida o‘tkazish mumkin.

  1. Tashkiliy qism:

3 bosqichdan iborat bo‘lib, unda salomlashish, o‘quv xonasining sanitariya-gigienik holati, talabalarning mashg‘ulotga tayyorgarligi, davomat, o‘tilgan mavzuni aniqlash, diqqatni jamlash.

  1. Mashg‘ulotning rejasi:

1. ertak qahramonlari haqida.
2. Applikatsiya ishlash.
III. Mashg‘lotning borishi:
Bolalar, ertaklar, masalalar, hikoyalar. O‘yinchoqlar olamida yashaydilar, ulardan bo‘lishga harakat qiladiganlar va turli narsalardan obrazlarni yaratadilar.
Mehnat ta`limi jarayonida qog‘oz va karton bilan keng qo‘llaniladigan ish turlaridan biridir. Karton va qog‘ozlarning imkoniyatlari keng bo‘lib mehnat ta`limi jarayonida o‘quvchilar ulardan taurli narsa va o‘yinchoqlar, aplikatsiya asosida turli shakllar tayyorlaydilar.
Tasviriy san`at darslarida ranglar orqali turli ertak va multfilm qahramonlari obrazlarini yaratsalar, rangli qog‘ozlardan ham ushbu qahramonlar obrazlarini yaratadilar.
Ushbu darsda talabalar qog‘oz yoki kartonga ertak qahramonlari tasvirini chizib oladilar va so‘ngra rangli qog‘ozlarni moslab tasvirlar hosil qiladilar. Bunda karton, oqqog‘oz, rangli qog‘ozlar, yelim, qalam, qaychilar kerak bo‘ladi.
Mavzu bo‘yicha talabalar ijodiy yondashib turli halqlar o‘zbek halq ertaklari qahramonlari obrazlarini yaratadilar va bularni kelajakda o‘quvchilarga o‘rgatishlari lozim.
Bir juftlik darsda talabalar ishni yakunlashlari lozim. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
Uyga vazifa qilib ushbu mavzuni mustahkamlash va ulgurmagan ishlarni yakunlash beriladi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin