«texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi»


Qog‘ozdan mozaika usulida mevalar shaklini yasash texnologiyasi taqdimoti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə35/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#207642
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
texnologiya 2-kurs 2023-2024

Qog‘ozdan mozaika usulida mevalar shaklini yasash texnologiyasi taqdimoti
1. Rangli qog‘ozni bo‘laklarga bo‘lib olamiz.
2. Qog‘oz bo‘lagini mayda qilib uchburchak, to‘rtburchak doira shakllarda kesib olamiz
3. Nokning rasmini chizib olamiz.
4. Maydalangan qog‘oz bo‘laklarini rasmga yopishtirib chiqamiz.
O‘qituvchi dars jarayonida partalarni oralab yurib, o‘quvchilarga kerakli ko‘rsatmalarni berib boradi. Yaxshi va yomon bajarilayotgan ishlardan namunalar ko‘rsatib, tegishli amaliy yo‘l-yo‘riqlar beradi.
Baholash qismi.
Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
Uyga vazifa berish.
Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Mozaika usulida mevalar shaklini yasang.
2. Mozaika usulida yasalgan mevaga oid topishmoqlar tuzing.


3-Mavzu: Tuxum po‘chog‘idan mozaika yasash
Reja:
1..Mozaika sa’nati haqida ma’lumot berish. 
2. Tuxum po‘chog‘ini ishga tayyorlash. 
3.Tuxum po‘chog‘idan mozaika yasash texnologiyasini amaliy 
ko‘r satish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga mozaika sa’nati haqida bilim berish. Mozaika ishining mazmuni haqida tushunchalar hosil qilish. Tuxum po‘chog‘idan mozaikani yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Pedagogning vazifalari:
• talabalarning mozaika sa’nati haqidagi bilimlarini aniqlash;
• ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish va texnika xavfsizligi qoida lariga amal qilishni eslatish;
• tuxum po‘chog‘idan mozaika ishining bajarilishi haqida tushunchalar berish;
• tuxum po‘chog‘idan mozaika ishlarini yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Ta’lim usullari: “Aqliy hujum” metodi, amaliy ish, ko‘rgaz ma li lik.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, metodik qo‘llanmalar, slaydlar, oq qog‘oz, turli rangli qog‘oz, chizg‘ich, qaychi, qalam.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun 
“Aqliy hujum” metodi asosida savol lar beriladi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin