Baholash qismi. Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
Uyga vazifa berish. Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.
Mustaqil ish topshiriqlari: 1. Urug‘larni to‘plang va ishga tayyorlang .
2. Urug‘lardan ayiqcha shaklini mozaika usulida yasash
15–Mavzu: Ish fartugini tikish va dars ishlanmasini tuzish. Reja:
1. Ish fartugi haqida ma`lumotlar
2. Ish fartugi turlari
3 dars ishlanma tuzish
Ishdan maqsad: Ish fartugi haqida ma`lumotlar berish .
Ish fartugi turlari va ularni tikish texnologiyasi bilan tanishtirish.
Ish fartugini tikish darsiga ishlanma yozishga o‘rgatish.
Bundan quyidagi natijalarga erishiladi: Ish fartugi va turlari haqidagi bilimlarga ega bo‘ladi;
Ish joyini to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rganadi;
Ish fartugini tikish texnologiyasini o‘rganadi;
Mavzuga dars ishlanmasi yozish tartibini tushunadi va yozadi;
Natijalarni taqdimot qiladi, muhokama qiladi va baholanadi.
Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish: O‘qituvchi stolning ustiga kilyonka yozib, o‘ng tomoniga qaychi, tayoqcha, suv pulkagich, idishlar va suv joylashtiriladi. O‘quvchini old tomoniga va sochiq joylashtiriladi. O‘quvchining chap tomoniga, ish vaqtida xalaqit bermaydigan qilib turli rangdagi iplar, mato, qaychi, metr va igna joylashtiriladi. Ish jarayonida sanitarik-gigienik talablarga va ish qurollaridan foydalanish qoidalariga rioya etish kerak.
Ish fartugini tikish Ish fartugini tikish bosqichalari quyidagilar:
Fartug qismi bilan belbog‘ qismi bir-biriga qo‘shib tikiladi;
Fartukga cho‘ntak tikiladi;
Qo‘shimcha bezak ishlari beriladi.
Ishni bajarish tartibi:
1- Tasavvurdagi fartuk shaklini chizamiz, yoki shunchaki tasavvur qilamiz,
2-Yuqori kenlik,
3- Old uzunlik,
4- Old kenglik,
5- Bo‘yin qismi uzunligi
6- Fartuk uzunligi.
Quyida chizilgan andozada standart o‘lchovlarda berilgan qismlari 4-7 yoshli bolalarga mos keladi.