Baholash qismi. Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
Uyga vazifa berish. Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
Ish fartugini tikib kelish.
Dars ishlanma tuzish.
AMALIY MASHG‘ULOT IV – SEMESTR
1–Mavzu: Tugma qadash texnologiyasi. Mashg‘lotning maqsadi: Turli materiallar bilan ishlashga o‘rgatish , ijod qilishga o‘rgatish.
Dars uchun kerakli jihozlar: Karton, qog‘oz, elim, pichoqcha, turli meva va sabzavotlar, daraxtlar urug‘lari, qullanmalar, ko‘rgazmali qurollar.
Mashg‘lotda foydalanadigan usul: Bu darsni musobaqa va tanlov tarzida o‘tkazish mumkin.
Pedagogik vazifalar: • talabalarning urug‘lar va ularni ishlatish haqidagi bilimlarini aniqlash;
• urug‘lardan applikatsiya yasash haqida tushunchalar berish;
• urug‘lardan applikatsiya yasash texnologiyasini tushuntirish;
• amaliy ish natijalarini ko‘radi, xato va kamchiliklarni ko‘rsatadi, baholaydi.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, aqliy hujum, amaliy ish.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, turli urug‘lar, chizg‘ich, qaychi, qalam, yelim, qog‘oz.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
Amaliy mashg‘ulot.Tugma qadash texnologiyasi.
Tugmani matoga tikish texnologiyasi:
1. Tugma tikish uchun kiyim tanlanadi.
2. Kiyim rangiga mos yoki umuman rangiga mos kelmaydigan tugmalar olinadi.
3. Tugmani tanlashda albatta shakliga va xususiyatiga e’tibor berish kerak. Tugmalar turli materiallardan(yog‘ochdan, plastmassadan, temirdan, alyuiminiydan,
kauchikdan, matodan, suyakdan) tayyorlanadi, uningshakllari turlicha (to‘rtburchak, uchburchak, doira)bo‘ladi va tugmada bir qancha teshiklar(ikkita, to‘rtta,
baldoqli) bo‘lishi mumkin.
4. Kiyimning xususiyati aniqlanib, unga mos tugma tanlanadi.
5. Tugmani turli usullarda tikish mumkin.
6. Shaklni tanlashda kiyimning dizayniga mos bo‘lishikerak.
Masalan, kichik yoshdagi bolalar kiyimlari uchunrangli, turli shakllarga ega tugmalar tanlanadi.
7. Tugmani tikishda tugma rangiga mos ip tanlanadi,kerakli o‘lchamda kesib olinadi va tugun hosil qilinadi.
8. Kiyimning teskari tomonidan nina o‘tkazilib, tugmateshigidan orqaga qaytarib tikiladi.
9. Tugma bilan mato o‘rtasiga gugurt cho‘pi qo‘yib tikiladi. Tikish tugagandan keyin gugurt cho‘pi olib tashlanadi va tugma bilan mato o‘rtasi ip bilan aylantirib chiqiladi. Chunki tugmani bemolol teshikdan o‘tkazish uchun shu usuldan foydalaniladi.
10. Qo‘shimcha ishlov beriladi.