Tuxum po‘chog‘ini ishga tayyorlash 1. Tuxum po‘chog‘i yaxshilab yuviladi.
2. Nina bilan tuxumning yuqori va pastki qismi teshiladi.
3.Tuxum po‘chog‘ining yuqori qismidan puflab ichidagi suyuqlik chiqariladi.
4. Bo‘shagan tuxum po‘chog‘ining ichki qismi suv bilan yuvib toza lanadi.
5. Tuxum po‘chog‘i qurigandan keyin ustki qismi kerakli ran gda bo‘ ya ladi.
6. Bo‘yoq qurigandan keyin tuxum po‘chog‘i kerakli hajmda may da lanadi.
Tuxum po‘chog‘idan mozaika yasash texnologiyasi: • kerakli rangdagi qog‘oz fon tanlanadi;
• mozaikaga mo‘ljallangan tasvir va elementlar miqdori aniqlanadi;
• mozaika ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzu ning mazmuniga, tuxum po‘chog‘ining hajmiga, o‘lchamlariga, ranglarini tanlashga qaratiladi;
• ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o‘qini o‘tkazish va elementlarni shunga ko‘ra joylashtirish lozim;
• tuxum po‘chog‘ini yelimlashda joyni adashtirmaslik uchun ularning o‘rnini qalam bilan belgilab qo‘yiladi;
• mozaikaning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham tuxum po‘ chog‘idan yasaladi, ularni chizmaslik kerak;
• tayyorlangan tuxum po‘choqlari qog‘oz sathiga, ya’ni fonga joylashtiriladi va tasvir hosil qilinadi;
• mozaikadagi ranglar uyg‘unligiga erishiladi.
Tuxum po‘chog‘idan mozaika ishlaridan namunalar Mustaqil ish topshiriqlari: 1. Tuxum po‘chog‘ini ishga tayyorlang.
Mashg‘lotning maqsadi: Rangli qog‘oz bilan ishlashga o‘rgatish, applikatsiya haqida ma’lumot berish, ijodkorliklarini oshirish va fantaziyalarini rivojlantirish, aplikatsiya ishlash (natyurmort)ga o‘rgatish.
Dars uchun kerakli jihozlar: Rangli qog‘ozlar, qaychi, lineyka, yelim, bo‘yoqlar, qalam, avvaldan tayyorlangan ko‘rgazmali qurol.
Mashg‘ulotda foydalanadigan usul: Noan’anaviy ta’lim
texnologiyasi. Bu darsda chaqiriq metodidan foydalanish mumkin.