«texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə39/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#207642
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
texnologiya 2-kurs 2023-2024

Baholash qismi.
Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
Uyga vazifa berish.
Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.

7 – Mavzu: Pape-mashe bilan ishlash texnologiyasi.


Reja:
1. Pape-mashe ishlarini tayyorlash haqida ma’lumot berish. 
2. Pape-mashe yasash darslarini tashkil etish tartibini tushuntirish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Pape-mashe ishlari haqida. 
Papye-mashe yasash bo‘yicha ma’lumotlar berish. Qog‘oz bo‘lak-
laridan papye-mashe yasash.
Pedagogik vazifalari:
• talabalarning papye-mashe yasash haqidagi bilimlarini aniqlash;
• ish joyini to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rgatish;
• pape-mashe ishlari bilan tanishtirish;
• qog‘oz bo‘laklaridan papye-mashe yasash texnologiyasi bilan ta-
nish tirish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, “Aqliy hujum” metodi, amaliy ish, ko‘r gazmalilik.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, ko‘rgazmalar, texnik vosi-
talar, qog‘oz bo‘laklari, piyola, bo‘yoq, yelim, qog‘oz, turli bezaklar.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida 
savollar beriladi.
1. Pape-mashe ishlari nima?
2. Pape-mashe ishining asosiy materiali nima?
3. Pape-mashe ishiga yelim qanday tayyorlanadi?
4. Qanday qog‘ozdan foydalaniladi?
Amaliy ish taqdimoti
1. Papye-mashe ishlari haqida kirish (boshlang‘ich) suhbat. Suh-
batni ushbu materialni ko‘rsatish bilan birga olib borish kerak: bolalar 
namunani ushlab ko‘rishi, shaklini, ustki qobig‘ini his qilishi, rangini 
ko‘rishi mumkin. 
2. Mavzuni e’lon qilish va o‘yinchoq namunasini ko‘rsatish.
3. Namuna tahlili va papye-mashe yasash usullarini ko‘rsatish. Bu 
yerda bolalarni o‘yinchoq namunasini tahlil qilishga, papye-mashe 
yasash jarayonining ketma-ketligi haqida o‘z fik rini bildirishga undash 
maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi o‘quvchilarning javobini to‘g‘irlab 
beradi va ushbu material bilan ishlashning o‘ziga xosligini ajratib 
ko‘rsatishga bolalarning diqqatini qaratadi. 
4. Oddiy piyolani olib atrofiga vazelin surtamiz. Qog‘ozni 1×2 
sm o‘lchamda bo‘laklarga bo‘lib olamiz. Qog‘oz bo‘laklarini suvga 
botirib piyola atrofiga bir tekis yopishtirib chiqamiz. 
5. Piyolaga qog‘oz bo‘laklarini bir qavat qilib yopishtirib bo‘lgandan so‘ng, ikkinchi piyolaga suv va un solib suyuq aralashma hosil 
qilamiz. Tayyor aralashmani cho‘tka bilan qog‘oz atrofiga surtib chiqamiz. Keyin qog‘oz bo‘laklarini ko‘ndalang qilib ikkinchi qavatga 
yopishtirib chiqamiz. Qog‘oz bo‘laklarini shu tariqa 7 qavat qilib 
yelimlaymiz. Har bir qavat orasiga suyuq xamirli aralashmani surtib 
chiqamiz. Tayyor bo‘lgan papye-mashe ishini 3-4 daqiqa mobaynida 
quritishga qo‘yamiz. Quritish jarayonida yelvizak bo‘lmasligi, quyosh 
nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushib turmasligi kerak. Qurigan pape-mashe 
ishi ni tekis qilib kesib olinadi. Kesilgan qismi qog‘oz bo‘laklari yordamida bir-biriga yopishtirib yelimlanadi. Papye-mashe ishi ustki qismini rangli qog‘oz bo‘laklari yordamida yelimlab chiqamiz.
6. Papye-mashe ishiga oq qog‘ozdan qo‘shimcha bezak berish 
uchun naqshlar chizib olinadi va qirqiladi.Papye-mashe ustiga tayyor 
gul naqshi yelim surtib yopishtiriladi. Papye-mashe usulida piyola 
shakli tayyor bo‘ldi.
7. Papye-mashening bolalar tarafidan tayyorlanishi. Mehnat jarayonida o‘qituvchi bolalar ishini nazorat qiladi, asbob larni ishlatishda 
texnika xavfsizligiga rioya qilishlarini kuzatadi, qiynalayotganlarga 
yordam beradi, mozaika ishini takomil lashtirishda uni bezashda mus-
taqil qaror qabul qilishga undaydi, bular ning barchasi bolalar ora sida 
o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatning shakllanishiga olib keladi. 
8. Tayyor papye-mashe ishini tahlil qilish. Ushbu jarayonda 
bolalarda o‘zi va do‘stlari mehnatining natijalarini baholay olish qobiliyatini shakllantiradi.
9. Ish joyini tozalash, asboblarni va qolgan materiallarni yig‘ishtirish kabi ishlar ketma-ketlikda bajariladi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin