Urug‘lar va ularni ishlatish haqida ma’lumotlar Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug‘lari yordamida xilma-xil applikatsiya ishlarini bajarish mumkin. Ayni bir ishda xilma-xil meva urug‘laridan foydalanish mumkin.
Meva va poliz ekinlarining urug‘lari tabiatda keng tarqalgan, to‘plash va saqlash oson bo‘lgan material hisoblanadi.
• Urug‘lar meva va poliz ekinlaridan ajaratib olinadi;
• ortiqcha narsalardan tozalab yuvib quritiladi;
• quritishda urug‘larning shakli buzilmasligi uchun qog‘oz orasiga solib quritiladi;
• urug‘lar qurigandan so‘ng akvarel bo‘yoqlaridan foydalanib rang berish mumkin.
Bolalar turli urug‘lardan applikatsiyalar qilishni yaxshi ko‘rishadi.
Ishtiyoq bilan bolalar turli ranglarda bo‘lgan urug‘larni terib chi roy li
naqshlar hosil qilishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlar qo‘l barmoqlarining mayda mushaklarini rivojlanishiga yordam beradi. Bolalar turli urug‘ larni, applikatsiyalar tayyorlashni yaxshi ko‘rishadi. Bunday mashg‘ulotlarda yelimni urug‘ga emas, urug‘ yopishtiriladigan joyga suriladi va ustidan urug‘lar qo‘yiladi va sochiq bilan bostiriladi.
Guruhlarga amaliy ish topshiriqlari 1. Urug‘lardan mevalar shaklini yasang.
2. Urug‘lardan hayvonlar shaklini yasang.
3. Urug‘lardan qushlar shaklini yasang.
4. Urug‘lardan gullar shaklini yasang.
5. Urug‘lardan ertak qahramonlari shaklini yasang.
Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish Stol ustiga klyonka yoki dasturxon solinadi. O‘quvchining o‘ng tomonida yelim uchun cho‘tka, qalam, chizg‘ich joylashtiriladi, o‘quvchining chap tomonida applikatsiya uchun qog‘oz yoki karton, urug‘lar joylashtiriladi, o‘quvchining old tomoniga yelim uchun quticha, yelim va sochiq joylashtiriladi.
Tarvuz va qovun urug‘idan naqsh yasash bosqichlari Urug‘dan applikatsiya yasash texnologiyasi •ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi, keyin fon va shakl tanlanadi;
•applikatsiyaga mo‘ljallangan tasvir uchun urug‘lar tanlanadi;
•tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tan lash ga qaratiladi;
•tasvirlash lozim bo‘lgan predmetlarning holati aniqlanadi;
•urug‘larni yelimlashda PVA yelimidan foydalaniladi;
•tasvirlanadigan urug‘ ranglari va hodisalarning uyg‘unligiga erishiladi;
•tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham urug‘dan tayyorlanadi, ularni chizmaslik kerak;
•urug‘lar qog‘oz sathiga joylashtiriladi va o‘ylangan tasvir hosil qilinadi;
•agarda bu tasvir ma’qul bo‘lmasa urug‘lar boshqacha joy lashtiriladi;
•tasvirni kerakli qismi yelimlanadi va urug‘lar yopishtiriladi;
•urug‘larni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o‘rnini qalam bilan belgilab qo‘yiladi;
•urug‘larni yelimlab bo‘lgandan so‘ng quritish uchun qo‘yiladi. Quritishda yelvizak bo‘lmasligi kerak.