Yangi mavzuni tushuntirish qismi. Biserlar haqida ma’lumot Biserdan gullarni to‘qishda kerakli ish qurollari: igna, sim va ip turlari; munchoqlar to‘plami: dur, toshlar, ko‘zlar, pistonlar, shisha munchoq turlari; yordamchi materiallar: yelim turlari, qaychi xillari, simlar haqida ma’lumot beriladi.
– maxsus sim uch xil o‘lchamda kesib olinadi va birinchi simga 20 dona, ikkinchi simga 15 dona rangli munchoqlar terib chiqiladi;
– simlar ketma-ket aylantirib o‘rab olinadi;
– tayyor bo‘lgan gul yaproqlarini bir-biriga simlar bilan o‘raladi va gul shakliga keltiriladi;
– xuddi shunday gul donalaridan 5 ta yasash kerak;
– gul shaklini o‘rtasiga sariq biserdan doira yasash va biriktirish kerak;
– gul barglarini yasash uchun simga yashil rangdagi biserlarni terib olamiz;
– birinchi simga 40 dona, ikkinchi simga 35 dona, uchinchi simga 30 dona, to‘rtinchi simga 25 dona, beshinchi simga 20, oltinchi simga 5 dona biserlar terib chiqiladi;
– simga terilgan biserlarni aylantirib o‘rab barg shaklga keltiriladi;
– tayyor bo‘lgan gul va barglarni gul tanasiga biriktirib chiqiladi;
– gul tanasi tayyor bo‘lgandan so‘ng alebastr qorishmasi tayyorlanadi va tuvakka solinadi;
– bir qancha vaqt o‘tgandan so‘ng gul tanasi tuvakdagi albaster qorishmasiga o‘tkaziladi va qo‘shimcha bezak berish ishlari bajariladi.
Mustaqil ish topshiriqlari 1. Qog‘ozdan hajmdor gullar yasang.
2. Biserlardan turli o‘yinchoqlar yasang.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
Dars so‘ngida eng yaxshi ishlangan ishlar tahlil qilinadi.
Baholash qismi. Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
Uyga vazifa berish. Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.
13–Mavzu: Applikatsiya usulida barglardan qurish-yasash. Reja: 1. Barglar haqida ma’lumot berish.
2. Barglardan applikatsiya yasash haqida ma’lumot berish.
3. Barglardan applikatsiya yasash darslarini tashkil etish tartibini tushuntirish.