«texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi»


Guruhlarga amaliy ish topshiriqlari



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə26/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#207642
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
texnologiya 2-kurs 2023-2024

Guruhlarga amaliy ish topshiriqlari
1. Mevalar shaklini geometrik figuralar asosida yasash. 
2. Hayvonlar shaklini geometrik figuralar asosida yasash. 
3. Gullar shaklini geometrik figuralar asosida yasash. 
4. Qushlar shaklini geometrik figuralar asosida yasash. 
5. Ertak qahramonlari shaklini geometrik figuralar asosida yasash. 
Guruhlarda ishlash qoidasi
• Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
• Guruh ishlarida o‘zaro faol ishtirok eting, berilgan top shiriqlarga javobgarlik bilan yondashing.
• Agar yordam kerak bo‘lsa, albatta murojaat qiling.
• Agar sizdan yordam so‘rashsa, albatta yordam bering.
• Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:

Dars so‘ngida eng yaxshi ishlangan ishlar tahlil qilinadi.

  1. Baholash qismi.

Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
Uyga vazifa berish.
Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.
12–Mavzu: Turli materiallardan hajmdor gullar yasash.
Reja:
1. Gullar haqida ma’lumot berish.
2. Turli materiallardan gullar yasash to‘g‘risida ma’lumot berish.
3. Biserlardan gullar yasash texnologiyasi. 
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga gullar to‘g‘risida ma’lumot berish. Turli materiallardan gullar yasash to‘g‘risida ma’lumot berish. Biserlardan gullar yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Dars uchun kerakli jihozlar: Qog‘oz yoki karton, elim, qaychi, qalam, daraxtlar va o‘simliklar barglari, kitoblar.
Dars 3 qismga bo‘linadi;
Yangi mavzuni tushuntirish qismi
Amaliy ish qismi.
Baholash qismi.
Mashg‘lotda foydalanadigan usul: Bu darsni musobaqa va tanlov tarzida o‘tkazish mumkin.
O‘qituvchining vazifalari:
• gullar haqida ma’lumot berish;
• turli materiallardan gullar yasash to‘g‘risida ma’lumot berish;
• biserlardan gullar yasash texnologiyasi;
Ta’lim usullari: Ko‘rgazmalilik, “Aqliy hujum”, amaliy ish.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, ko‘rgazmalar, gul namunalari, turli rangdagi biserlar, maxsus sim, lenta, tayoqcha.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
1. Qanday gullarni bilasiz?
2. Biserlardan nimalar yasash mumkin?
3. Gullarni qanday materiallardan tayyorlash mumkin?
4. Biserlarning qanday turlari mavjud?
5. Hajmdor gullar deganda nimani tushunasiz?

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin