«texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi»


Mustaqil ish topshiriqlari



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə30/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#207642
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
texnologiya 2-kurs 2023-2024

Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Turli barglarni to‘plang va quriting.
2. Turli barglardan uy hayvonlarining shakllarini yasang.

Baholash qismi.
Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
Uyga vazifa berish.
Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.


14–Mavzu: Urug‘lardan applikatsiya yasash.
Reja:
1. Urug‘ va ularning turlari haqida ma’lumot berish.
2. Urug‘larni darsga tayyorlash va ishlatish bo‘yicha ma’lumotlar berish.
3. Urug‘lardan applikatsiya yasash texnologiyasini tushuntirish.
4. Taqdimot va baholash.
Mashg‘lotning maqsadi: Turli materiallar bilan ishlashga o‘rgatish , ijod qilishga o‘rgatish.
Dars uchun kerakli jihozlar: Karton, qog‘oz, elim, pichoqcha, turli meva va sabzavotlar, daraxtlar urug‘lari, qullanmalar, ko‘rgazmali qurollar.
Mashg‘lotda foydalanadigan usul: Bu darsni musobaqa va tanlov tarzida o‘tkazish mumkin.
Pedagogik vazifalar:
• talabalarning urug‘lar va ularni ishlatish haqidagi bilimlarini aniqlash;
• urug‘lardan applikatsiya yasash haqida tushunchalar berish;
• urug‘lardan applikatsiya yasash texnologiyasini tushuntirish;
• amaliy ish natijalarini ko‘radi, xato va kamchiliklarni ko‘rsatadi, baholaydi.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, aqliy hujum, amaliy ish.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, turli urug‘lar, chizg‘ich, qaychi, qalam, yelim, qog‘oz.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
1. Qanday urug‘ turlarini bilasiz?
2. Qanday urug‘lardan mehnat darslarida foydalanish mumkin?
3. Urug‘larni yelimlashda qanday yelimdan foydalaniladi?
4. Urug‘larni qanday ishga tayyorlash mumkin?

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin