Plastilindan filcha o‘yinchog‘ini yasash texnologiyasi: 1. Plastilin kerakli hajmda olinib, kerakli shakllarga keltiriladi.
2. Filchaning tana a’zolari, ya’ni bosh, tana qismi, oyoqlari, dumi alohida yasaladi.
3. Filchaning bosh qismi bilan tana qismi bir-biriga biriktiriladi.
4. Quloqlari va dumi bosh qismiga biriktiriladi.
5. Tana qismiga filchaning oyoqlari biriktiriladi.
6. Oxirgi ish: tanadagi barcha qismlarning biriktirilgan joylari tekislanadi.
Plastilindan yasalgan o‘yinchoqlardan namunalar Mustaqil ish topshiriqlari 1. Plastilin to‘g‘risida ma’lumot bering.
2. Plastilindan ertak qahramonlarini yasang.
Baholash qismi. Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.
12 – Mavzu: Ipdan turli o‘yinchoqlar yasash. Reja: 1. O‘yinchoqlar to‘g‘risida ma’lumot berish.
2. Iplar to‘g‘risida ma’lumot berish.
3. Ipdan o‘yinchoqlar yasash texnologiyasi.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: O‘yinchoqlar va iplar to‘g‘ ri sida ma’lumot berish. Ipdan o‘yinchoqlar yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Pedagogik vazifalar: • talabalarning o‘yinchoqlar va iplar to‘g‘risidagi bilimlarini aniqlash;
• ipdan yasalgan o‘yinchoqlar bo‘yicha ma’lumotlar berish;
• ipdan o‘yinchoqlar yasash texnologiyasini tushuntirish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, “Aqliy hujum”, amaliy ish, ko‘rgazmalilik.
Ta’lim vositalari: Turli ip turlaridan namunalar, ipdan yasalgan o‘yin choqlardan namunalar, slaydlar, ko‘rgazmalar va metodik qo‘llanma.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun
“Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
1. Qaysi ip turlaridan o‘yinchoqlar yasash mumkin?
2. O‘yinchoq qanday predmet?
3. Iplardan nimalar yasash mumkin?
4.Ipdan o‘yinchoqlar yasash texnologiyasini bilasizmi?
5. Qanday ip turlarini bilasiz?