Texnologiya ta’limining maqsadi Texnologiya ta’limi va tarbiyasining vazifalari Texnologiya tarbiyasini shakllantirish


Mehnat tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar hal qilinadi



Yüklə 21,18 Kb.
səhifə2/4
tarix12.10.2022
ölçüsü21,18 Kb.
#64956
1   2   3   4
Texnologiya ta’limining maqsadi Texnologiya ta’limi va tarbiyasi

Mehnat tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar hal qilinadi:

  1. Shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish;

  2. O’quvchilarning bilishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish;

  3. O’quvchilarni turli mazmunga ega mehnat ko’nikma va malakalari bilan qurollantirish;

  4. O’quvchilarda mehnat faoliyatiga ijobiy munosabatni shakllantirish;

  5. O’quvchilarni nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llashga o’rgatish;

  6. O’quvchilarda mehnatga muhabbat uyg’otish, ularni mehnatsevarlikka, tejamkorlikka o’rgatish.

Texnologiya ta’limi o’qituvchisi rahbarligida o’quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo’lib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarini hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko’nikma va malakalarni egallashlariga ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatida ko’nikishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlarni va tafakkurlarni rivojlantirishga qaratilgan o’quv fanidir.
Umumiy o’rta ta’lim maktabida texnologiya fanini o’qitishning maqsadi: o’quvchilarning aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari bilan tanishtirish. Kasblar to’g’risida ma’lumotlar bilan tanishtirish. Dastlabki mehnat ko’nikmalari va malakalarini shakllantirish. Mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish. Mehnat va kasblarni qadrlash, ularning ahamiyatini tushunishga o’rgatish.
Boshlang’ich sinf texnologiya ta’limi uchun uzviy bog’lanishni yaratish kerak. Bular ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar hisoblanadi.
Ta’limiy maqsad – o’quvchilarning barkamol shaxslar bo’lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, qo’l mehnatiga o’rgatish, ularni kasblar haqida ma’lumotlar berish bilan birga uyg’unlashtirish orqali ularning kasbga tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat.

Yüklə 21,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin