Texnologiya ta’limining maqsadi Texnologiya ta’limi va tarbiyasining vazifalari Texnologiya tarbiyasini shakllantirish



Yüklə 21,18 Kb.
səhifə3/4
tarix12.10.2022
ölçüsü21,18 Kb.
#64956
1   2   3   4
Texnologiya ta’limining maqsadi Texnologiya ta’limi va tarbiyasi

Tarbiyaviy maqsad – o’quvchilarning mehnat ko’nikmalarini egallashlari jarayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori axloqiy sifatlarini, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va tadbirkorlikni rivojlantirib borishdan iborat.
Rivojlantiruvchi maqsad – mehnat ta’limi mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy badiiy estetik tarbiya va ta’lim berish orqali ularning barkamol shaxslar bo’lib yetishishlariga yordam berishdan iborat.
Nazorat maqsad – o’quvchilarning dasturda belgilangan bilim, ko’nikmalarni DTS ga binoan o’zlashtirish holatini nazorat qilishdan iborat.
Ijodiy vazifa – mehnat ta’limi jarayonida bilim, ko’nikma va malakalarini zamonaviy talablar darajasida bo’lishini ta’minlash uchun o’quvchilarning mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita olishiga o’rgatish.
Amaliy vazifa – buyum, narsa, namunalar asosida zaruriy vazifalarni amalda bajara olish.
Maktabda texnologiya ta’limidan o’tkaziladigan mashg’ulotlar quyidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
– o’quvchilarda dastlabki nazariy va amaliy mehnat tajribalarini hosil qilish, zamonaviy texnika borasidagi bilimlari doirasini yanada kengaytirish, ularda kishilar mehnati va mehnat jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lishga tayyorlash;
– o’ziga topshirilgan har qanday ishni uddalay bilish, mehnatning o’ziga xos madaniyati va uning nazariy asoslarini egallash, o’z ishini va o’rtoqlarining ishlarini rejalashtirish hamda tashkil eta olishga o’rgatish;
– o’quvchilarni mehnat ta’limi mashg’ulotlari jarayonida aqlli, odobli, yaxshi axloqiy sifatlar shakllangan, did-farosatli hamda jismonan sog’lom qilib tarbiyalashni amalga oshirish.
1–4 sinflarda Texnologiya ta’limi mashg’ulotlari mazmuni va usullari o’qituvchilar tomonidan insonlarning umumiy mehnat va kasb faoliyatlariga doir dastlabki mehnat ko’nikmalarini o’zlashtirishga qaratilgan. O’quvchilar har bir mehnat harakatini ongli ravishda va shu harakatdan ko’zlangan maqsadga muvofiq shaklda bajarishga o’rgatib boriladi.
1–4 sinflarda Texnologiya ta’limi darsi haftasiga 1 soatdan o’qitiladi. 1 sinfda 33 soat, 2–4 sinflarda 34 soatdan jami 1–4 sinflarda 135 soat o’qitiladi.
O’quvchilar Texnologiya ta’limini amalga oshirish uchun quyidagi tashkiliy va uslubiy vazifalarni hal qilish lozim.

Yüklə 21,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin