va amaliy tayyorlash (38-rasm).
Salfetka uchun taglik yasash texnologiyasi:
1.
buyumni yasash uchun yog‘och tanlanadi.
2.
yog‘ochga buyumning chizmalari va o‘lchamlari chizib olinadi.
3.
Chizmalar asosida qirqiladi.
4.
qirqilgan bo‘laklar qumqog‘oz yor-
damida silliqlanadi.
5.
buyumning ikkita yon tomoni va asos
qismi bir-biriga biriktiriladi.
6.
Xohishga ko‘ra turli xildagi rasmlar
bilan bezatiladi.
Salfetka uchun taglik tayyorlashning texnologik xaritasi
T/r
Ishning
ketma-ketligi
Ish eskizi
Asbob va moslamalar
O‘lchov
Ish
1
Salfetka uchun taglik
yasashda kerak
bo‘ladigan xomashyo
materiallari va
asbob-uskunalar
tanlab olinadi
Chizg‘ich,
qalam,
shablon,
sirkul
lobzik arra,
qumqog‘oz,
yelim,
bo‘yoqlar,
kichkina
cho‘tka
2
Fanerga shablonlar
asosida salfetka
uchun taglik
chizmasi chizib
olinadi
Qalam,
chizg‘ich,
shablon
38-rasm
.
Salfetka uchun
taglik chizmasi.
46
3
Chizib olingan
chizma asosida
salfetka uchun
taglikning yon
tomonlari lobzik
arra yordamida
arralab chiqiladi
Chizg‘ich,
sirkul
lobzik arra
4
Salfetka uchun
taglikning asos qismi
qirqiladi
Chizg‘ich
lobzik arra
5
arralangan qismlar
qumqog‘oz
yordamida
silliqlanadi
Sirkul
yoki
shablon
qumqog‘oz
6
tayyor zagotovkalar
bir-biriga mos
ravishda yelimlab
chiqiladi
mix
Yelim,
qisqich
7
oxirgi ishlov berish
va pardozlash ishlari
bajariladi
Bo‘yoq,
lok
kichkina
cho‘tka
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.
yog‘ochga ishlov berish asosida qaysi xalq hunarmandchiligi ish usullaridan foy-
dalaniladi?
2.
hunarmandchilikning qanday turlarini bilasiz?
3.
Salfetka uchun taglik yasash tartibini tushuntiring.
47
Kasb-hunarlarga oid ma’lumotlar
Yog‘ochlarga ishlov berish asosida turli xil buyumlarni yasash bo‘yicha bilim,
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lganingizdan so‘ng, yog‘ochga ishlov berish ish
-
lari bilan shug‘ullanadigan kasb egalari haqida ham bir qator ma’lumotlarni o‘qib-
o‘rganishimiz mumkin. bular quyidagilardan iborat:
• Mebelga ishlov berish texnik-texnologi.
• Yog‘ochni qayta ishlash mashina va dastgohlari sozlovchi-chilangari.
• Yog‘ochni qayta ishlash dastgohlari dastgohchisi.
• Arralovchi-dastgohchi.
• Mebellarni qoplovchi-pardozlovchi.
• Duradgorlik va pol yotqizish ishlari ustasi.
• Duradgorlik ishlari ustasi.
2-BOB. POLIMER MATERIALLARGA ISHLOV BERISH
TEXNOLOGIYASI
Plastmassa va ularning turlari. Rezinalar. To‘ldirgichlar
va plastifikatorlar
Polimerlar bir necha mingdan tortib, to bir necha milliongacha atom
-
dan iborat birikmalardir. Polimerlar tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Tabiiy poli
-
merlarga selluloza, jun, ipak, tabiiy kauchuk va boshqalar, sun’iylariga
esa organik shisha, polietilen, viskoza, kapron, neylon, sintetik kauchuk
va boshqalar kiradi.
Yuqori molekular organik birikmalar yoki ularning guruhlari, ko‘ pincha,
smolalar deb ataladi.
Plastiklik barcha polimerlarga ham xos bo‘lavermaydi.
Polimer materiallardan istalgan shakldagi xilma-xil buyumlar, shuning-
dek, ip, plyonka, list, truba va hokazo mahsulotlar tayyorlanadi.
Polimerlarning o‘ziga xos fizikaviy va texnologik xususiyatlari ularni
buyumlarga va yarimfabrikatlarga aylantirishda maxsus usullardan foyda-
lanishni talab etadi. polimerlarni buyumlarga aylantirishning asosiy usullari
48
ekstruziyalash, odatdagi usulda quyish, bosim ostida quyish, presslash,
quyma presslash, ko‘pirtirish, payvandlash, qizdirib purkash, randa
-
lash, shuning dek, dastgohlarda qirindi kesib olish yo‘li bilan ishlash
mumkin.
Yuqori molekular birikmalar, sun’iy ravishda tayyorlangan va muayyan
temperatura va bosimda plastiklik xossalariga ega bo‘lgan materiallar plas
-
tik massalar (plastmassalar) deyiladi.
Hozirgi vaqtga kelib, o‘z xossalari jihatidan xilma-xil plastmassalar,
rezina buyumlar, shu jumladan, juda puxta konstruksion plastmassalar,
yarimo‘tkazgichlar, o‘tkazgichlar va boshqa plastmassalar turmushda foy
-
dalaniladi.
Bu materiallar, ko‘pgina hollarda qimmat turadigan metallar o‘rnida
ishlatilmoqda. Bundan tashqari, texnika taraqqiyoti sanoatga plastmassalar-
ning joriy qilinishiga ko‘p darajada bog‘liqdir.
Ko‘pincha, plastmassalar bir necha xil moddadan iborat bo‘ladi. Masa-
lan, ular tarkibiga bog‘lovchi va to‘ldiruvchi moddalar, plastifikatorlar,
bo‘yoq moddalar va boshqalar kiradi. Ba’zi plastmassalar, masalan, organik
shisha, poliamid, polietilen faqat polimerlarning o‘zidangina iborat bo‘ladi.
Murakkab tarkibli plastmassalarda bog‘lovchi moddalar vazifasini poli
-
merlar o‘taydi.
Polimerlash yo‘li bilan polistirol, polivinilxlorid, poliakrilat (organik
shisha) va boshqa polimerlar olinadi.
Ikkita har xil monomerni birgalikda polimerlash yo‘li bilan ham yangi
polimer olish mumkin. Bu holda olingan yuqori molekular moddalar sopo
-
limerlar deb ataladi. Sopolimerda ikkala monomerning xossalari mujassam
-
langan bo‘ladi.
plastmassani ishlab chiqarishning quyidagi usullari bor: ishlov berishda
bosim ostida quyish, ekstruziya, puflab yoki vakuumli shakllantirish, issiq
siqish, shtamplash va boshqalar.
Termoplastlarga ishlov berishning nisbatan rivojlangan usuli. Kukun si
-
fatidagi materialni issiq silindr ichiga solib, suyuq holatga keltirib, bosim
ostida sovuq qolipga quyiladi va sovitilib, tayyor mahsulot olinadi.
Bosim ostida quyilgan buyumlar o‘zining yaltirashi va qolipning to
-
zaligi bilan ajralib turadi. Shu usulda polistrol, polietilen va boshqalardan
buyum yasaladi.
|