Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik


-BOB. METALLGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

3-BOB. METALLGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
3.1. UMUMIY TUSHUNCHALAR
Qora metallar qotishmalari – cho‘yan va po‘latning asosiy
mexanik xossalari: qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo‘rtlik
m
etallar har xil xossalarga ega bo‘lib, ularning ayrimlari yumshoq va 
qayishqoq, ayrimlari esa qattiq, bukiluvchan yoki mo‘rt bo‘ladi. Metall
-
dan buyumlarni yasashda ularga mos ashyolarni tanlash uchun metallarning 
xos salarini bilish zarur.
Po‘lat va cho‘yan – temir va uglerodning qotishmasidir. Lekin po‘lat-
ning tarkibidagi uglerod cho‘yan tarkibidagi uglerod miqdoridan kam,
2 foiz gacha bo‘ladi. Cho‘yandagi uglerod 2–4 foizni tashkil etadi. Cho‘yan 
tarkibida kremniy, marganes, fosfor va oltingugurt ham bo‘ladi. Cho‘yan 
mo‘rt, qattiq qotishmadir.
metallar issiqlik va elektr tokini o‘zidan yaxshi o‘tkazadi. metallarning 
ana shu xossasini fizika fanidan batafsil bilib olasiz.
Kasb-hunarlarga oid ma’lumotlar


59
Metallarga ishlov berishda ularning qattiqlik, elastiklik, plastiklik va 
mo‘rtlik kabi mexanik xossalarini bilib olishimiz muhim ahamiyatga ega.
Metallning qattiqligi 
uning boshqa narsalar, ya’ni qattiqroq jismlar 
ta’siriga qarshilik qobiliyati bilan belgilanadi. Agar po‘lat plastinka ustiga 
qo‘yilgan kernerga bolg‘a bilan urilsa, plastinkada kichkinagina chuqurcha 
hosil bo‘ladi. Bordi-yu, bu ish mis plastinka bilan qilinsa, chuqurcha katta
-
roq bo‘ladi. Bundan po‘lat misga nisbatan qattiqligini anglash mumkin.
Metallning elastikligi
deganda metallning kuch ta’siridan keyin 
yana o‘z holatiga qaytishiga aytiladi. po‘latdan va misdan tayyorlangan 
prujinalar ni bir paytda tortib va qo‘yib yuborib ko‘ring. Bunda po‘lat pru
-
jina yana o‘z holatiga kelishini, mis prujina esa cho‘zilganicha qolishini 
ko‘rasiz. Demak, po‘lat misga nisbatan bukiluvchan ekan.

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin