AMALIY MASHG‘ULOT. Polimer loyidan gul yasash. Ish bajarish tartibi: Ishni boshlashdan oldin polimer loyi tayyorlab olinadi. Polimer loyini
tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan xomashyo va asbob-moslamalar:
– 1 stakan kraxmal (200
gramm );
– 1 osh qoshiq limon sharbati (15
ml );
– sirli idish;
– yog‘och qoshiq;
– 200
gr pVa yelimi;
– rang berish uchun turli xil rangli bo‘yoqlar;
– qo‘l kremi;
– 2 tomchi glitserin.
54
Polimer loyini tayyorlash texnologiyasi: 1.
polimer loyini tayyorlash uchun sirli idishga pVa yelimi va suv
quyib ilitiladi.
2.
Kraxmal solib, yog‘och qoshiq bilan aralashtiriladi.
3.
Quyuq massaga keltirilgach, ustidan mineral moy, limon sharbati,
glitserin solib, yana bir xil massaga kelguncha aralashtiriladi.
4.
tayyor bo‘lgan massa yaxshi ishlanishi uchun qo‘l kremi solinadi va
aralashtirish davom ettiriladi.
5.
polimer loyi yaxshi turishi uchun yelim xaltada saqlanadi.
Polimer loyidan gul yasash ishining ketma-ketligi: 1.
polimer loyidan gul yasash uchun 6 dona doira shakli tayyorlab oli-
nadi.
2.
doira shaklidagi bo‘laklar bir tekis qilib yoyiladi.
3.
Shaklning bir uchi barmoqlar yordamida biriktiriladi.
4.
barcha bo‘laklar bir-biriga biriktirilganda gul hosil bo‘ladi.
5.
Gulning barg qismlari ham tayyorlab olinadi.
1-jadval T/r Ishni bajarish ketma-ketligi Ishni bajarish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar tasviri 1
polimer loyidan gul yasash uchun loy bir nechta
bo‘laklarga ajratiladi
2
ajratilgan bo‘laklar doira shakliga keltiriladi
3
Doiraning bir chetidan bukib, gul bargi hosil
qilinadi
55
4
hosil qilingan barg qismlari bir-biriga
biriktiriladi
5
polimer loyidan tayyorlangan gullarni qotishi
uchun ochiq va iliq havoli xonada qoldiriladi