64
sekin harakatlantirish va oldinga qarab surilganda sekin egish kerak. temir
arraning harakat tezligi taxminan ikki tomonga bir daqiqada 35–50 marta
bo‘lishi tavsiya qilinadi.
polotno bilan qirqilayotganda detallning devori orasidagi ishqalanish ku-
chini kamaytirish uchun unga tinmay yog‘ surtish kerak. Agar polotno ning
tishi sinib qolsa, unda qirqishni to‘xtatib,
singan tishni olib tashlab, o‘rniga charx
yor damida yoysimon shakl berib, yana qir-
qishni davom ettirish mumkin (48-rasm).
bir xilda uzun zagotovkani qirqayot-
gan paytda temir arraning dastgohi zago
-
tovkaning tepasiga tegib qolgani uchun
uni qirqish imkoni bo‘lmay qoladi. Shunda dastgohni polotnoga nisbatan
90° ga burib mahkamlab olsangiz, unda bemalol qirqishni davom ettiri-
shingiz mumkin (49-rasm).
ingichka metall listlarni qirqish uchun uni ikkita
yog‘och bruslar orasiga mahkamlab qirqish mumkin
(50-rasm).
quvurlarni qirqish uchun ularni tiskida gori zontal
holatda o‘rnatiladi. devori ingichka bo‘l gan quvurlar-
ni qirqish uchun yog‘och bruslar yoki ingichka metall
listlardan foydalaniladi (51-rasm, a, b).
48-rasm.
prokatni qirqish usuli.
Dostları ilə paylaş: