Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

va amaliy tayyorlash (38-rasm). 
Salfetka uchun taglik yasash texnologiyasi: 
1. 
buyumni yasash uchun yog‘och tanlanadi.
2. 
yog‘ochga buyumning chizmalari va o‘lchamlari chizib olinadi.
3. 
Chizmalar asosida qirqiladi. 
4. 
qirqilgan bo‘laklar qumqog‘oz yor-
damida silliqlanadi.
5. 
buyumning ikkita yon tomoni va asos 
qismi bir-biriga biriktiriladi.
6. 
Xohishga ko‘ra turli xildagi rasmlar 
bilan bezatiladi. 


 
 
 
Salfetka uchun taglik tayyorlashning texnologik xaritasi
T/r
Ishning
ketma-ketligi
Ish eskizi
Asbob va moslamalar
O‘lchov
Ish
1
Salfetka uchun taglik 
yasashda kerak 
bo‘ladigan xomashyo 
materiallari va 
asbob-uskunalar 
tanlab olinadi 
Chizg‘ich, 
qalam, 
shablon, 
sirkul
lobzik arra, 
qumqog‘oz, 
yelim, 
bo‘yoqlar, 
kichkina 
cho‘tka
2
Fanerga shablonlar 
asosida salfetka 
uchun taglik 
chizmasi chizib 
olinadi
Qalam, 
chizg‘ich, 
shablon
38-rasm

Salfetka uchun 
taglik chizmasi.


46
3
Chizib olingan 
chizma asosida 
salfetka uchun 
taglikning yon 
tomonlari lobzik 
arra yordamida 
arralab chiqiladi
Chizg‘ich, 
sirkul 
lobzik arra 
4
Salfetka uchun 
taglikning asos qismi 
qirqiladi
Chizg‘ich 
lobzik arra 
5
arralangan qismlar 
qumqog‘oz 
yordamida 
silliqlanadi
Sirkul 
yoki 
shablon 
qumqog‘oz 
6
tayyor zagotovkalar 
bir-biriga mos 
ravishda yelimlab 
chiqiladi
mix 
Yelim, 
qisqich 
7
oxirgi ishlov berish 
va pardozlash ishlari 
bajariladi
Bo‘yoq, 
lok
kichkina
cho‘tka 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1. 
yog‘ochga ishlov berish asosida qaysi xalq hunarmandchiligi ish usullaridan foy-
dalaniladi?
2. 
hunarmandchilikning qanday turlarini bilasiz?
3. 
Salfetka uchun taglik yasash tartibini tushuntiring. 


47
Kasb-hunarlarga oid ma’lumotlar
Yog‘ochlarga ishlov berish asosida turli xil buyumlarni yasash bo‘yicha bilim, 
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lganingizdan so‘ng, yog‘ochga ishlov berish ish
-
lari bilan shug‘ullanadigan kasb egalari haqida ham bir qator ma’lumotlarni o‘qib-
o‘rganishimiz mumkin. bular quyidagilardan iborat: 
• Mebelga ishlov berish texnik-texnologi.
• Yog‘ochni qayta ishlash mashina va dastgohlari sozlovchi-chilangari.
• Yog‘ochni qayta ishlash dastgohlari dastgohchisi.
• Arralovchi-dastgohchi.
• Mebellarni qoplovchi-pardozlovchi.
• Duradgorlik va pol yotqizish ishlari ustasi.
• Duradgorlik ishlari ustasi.
2-BOB. POLIMER MATERIALLARGA ISHLOV BERISH
TEXNOLOGIYASI
Plastmassa va ularning turlari. Rezinalar. To‘ldirgichlar
va plastifikatorlar 
Polimerlar bir necha mingdan tortib, to bir necha milliongacha atom
-
dan iborat birikmalardir. Polimerlar tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Tabiiy poli
-
merlarga selluloza, jun, ipak, tabiiy kauchuk va boshqalar, sun’iylariga 
esa organik shisha, polietilen, viskoza, kapron, neylon, sintetik kauchuk 
va boshqalar kiradi.
Yuqori molekular organik birikmalar yoki ularning guruhlari, ko‘ pincha, 
smolalar deb ataladi.
Plastiklik barcha polimerlarga ham xos bo‘lavermaydi. 
Polimer materiallardan istalgan shakldagi xilma-xil buyumlar, shuning-
dek, ip, plyonka, list, truba va hokazo mahsulotlar tayyorlanadi.
Polimerlarning o‘ziga xos fizikaviy va texnologik xususiyatlari ularni 
buyumlarga va yarimfabrikatlarga aylantirishda maxsus usullardan foyda-
lanishni talab etadi. polimerlarni buyumlarga aylantirishning asosiy usullari 


48
ekstruziyalash, odatdagi usulda quyish, bosim ostida quyish, presslash, 
quyma presslash, ko‘pirtirish, payvandlash, qizdirib purkash, randa
-
lash, shuning dek, dastgohlarda qirindi kesib olish yo‘li bilan ishlash 
mumkin.
Yuqori molekular birikmalar, sun’iy ravishda tayyorlangan va muayyan 
temperatura va bosimda plastiklik xossalariga ega bo‘lgan materiallar plas
-
tik massalar (plastmassalar) deyiladi.
Hozirgi vaqtga kelib, o‘z xossalari jihatidan xilma-xil plastmassalar, 
rezina buyumlar, shu jumladan, juda puxta konstruksion plastmassalar, 
yarimo‘tkazgichlar, o‘tkazgichlar va boshqa plastmassalar turmushda foy
-
dalaniladi.
Bu materiallar, ko‘pgina hollarda qimmat turadigan metallar o‘rnida 
ishlatilmoqda. Bundan tashqari, texnika taraqqiyoti sanoatga plastmassalar-
ning joriy qilinishiga ko‘p darajada bog‘liqdir.
Ko‘pincha, plastmassalar bir necha xil moddadan iborat bo‘ladi. Masa-
lan, ular tarkibiga bog‘lovchi va to‘ldiruvchi moddalar, plastifikatorlar, 
bo‘yoq moddalar va boshqalar kiradi. Ba’zi plastmassalar, masalan, organik 
shisha, poliamid, polietilen faqat polimerlarning o‘zidangina iborat bo‘ladi.
Murakkab tarkibli plastmassalarda bog‘lovchi moddalar vazifasini poli
-
merlar o‘taydi.
Polimerlash yo‘li bilan polistirol, polivinilxlorid, poliakrilat (organik 
shisha) va boshqa polimerlar olinadi.
Ikkita har xil monomerni birgalikda polimerlash yo‘li bilan ham yangi 
polimer olish mumkin. Bu holda olingan yuqori molekular moddalar sopo
-
limerlar deb ataladi. Sopolimerda ikkala monomerning xossalari mujassam
-
langan bo‘ladi.
plastmassani ishlab chiqarishning quyidagi usullari bor: ishlov berishda
bosim ostida quyish, ekstruziya, puflab yoki vakuumli shakllantirish, issiq 
siqish, shtamplash va boshqalar. 
Termoplastlarga ishlov berishning nisbatan rivojlangan usuli. Kukun si
-
fatidagi materialni issiq silindr ichiga solib, suyuq holatga keltirib, bosim 
ostida sovuq qolipga quyiladi va sovitilib, tayyor mahsulot olinadi.
Bosim ostida quyilgan buyumlar o‘zining yaltirashi va qolipning to
-
zaligi bilan ajralib turadi. Shu usulda polistrol, polietilen va boshqalardan 
buyum yasaladi. 


49

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin