Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik


Ekstruziya – bu bosim ostida quyishning bir turi. to‘xtovsiz bosim  berish natijasida truba, tola, plyonka olish mumkin.  Puflab



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

Ekstruziya
– bu bosim ostida quyishning bir turi. to‘xtovsiz bosim 
berish natijasida truba, tola, plyonka olish mumkin. 
Puflab 
yoki vakuumli shakllantirish – atmosfera yoki havoni, biror-bir 
gazni purkab yumshoq termoplastdan shakl hosil qilish. Puflab yasalgan 
buyumlarda biriktirilgan joylarning belgisi qoladi.
Shtamplash 
– termoplast listlarni matritsa ostida puansonga bosib 
shakllantiradi. bu usulda attorlik buyumlari yasaladi. plastmassa buyum-
larining bezagida quyidagi usullar qo‘llaniladi: bo‘yash, qisish, shtamplash, 
metallash va boshqalar. 
Bo‘yash
– buyumni bo‘yoqqa tiqib olish, sepish, cho‘tka bilan bo‘yash 
orqali amalga oshiriladi. Biroq ko‘p hollarda ishlab chiqarishda rangli poli
-
merlar ishlatiladi.
Issiq siqish
– bu bo‘yoqli tasvirni jihozning ustki qismiga metalli yoki 
pigmentlangan folgani bosim ostida issiq shtamlashdir. Issiq siqishda bir 
rangli yoki ko‘p rangli tekis yoki relyefli rasmlar polistrol, termoplastlar us
-
tida hosil bo‘ladi.
Plastmassalardan, asosan, qoliplash, quyish, presslash, siqib chi qa rish, 
payvandlash, yelimlash usullarida buyumlar tayyorlanadi. Ularni me tall
kesuvchi dastgohlarda osongina kesib ishlash, qirqish, frezalash, par doz-
lash, jilvirlash mumkin.
Qoliplash. 
Qoliplash orqali plastmassalardan murakkab shaklli katta
buyumlar olinadi. Bu usulda buyumning modeli (qolipi) maydalab qirqilgan 
tola, epoksid smola va qotirgich aralashmasi bilan qoplanadi. Buning
uchun maxsus purkagichdan foydalaniladi. Zaruriy materiallar suyuq 
holatda purkagichning aralashtirish kamerasiga beriladi, undan esa siqil-
gan havo bosimi ostida purkagichning uch qismi orqali model sirtiga
pur ka ladi, natijada modelning sirti aralashma bilan bir tekis qoplanadi va 
qotib, zarur buyum hosil bo‘ladi.

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin