Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

plastifikatorlar
ularning yum-
shash temperaturasini pasaytiradi, bu esa ularni qoliplashni osonlashtiradi. 
Plastifikatorlar sifatida hammadan ko‘proq yuqori temperaturada qaynovchi 
kichik molekular suyuqliklar: murakkab efirlar, xlorlangan uglevodorodlar 
va boshqalar ishlatiladi. Polimerlar plastifikatorlarni shimib bo‘kadi, bunda 
plastifikatorning molekular qatlamlari zanjiriy makromolekulalar atrofida 
joylashib, ular orasidagi bog‘lanishlarni zaiflashtiradi. Polimerning yum
-
shash temperaturasining pasayishi va uning shishalanishiga, ya’ni qizdiril
-
ganda shishasimon holatdan qovushqoq-oquvchan holatga va sovitilganda 
yana shishasimon holatga o‘tishining sababi ham ana shu.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. polimerlarga nimalar kiradi?
2. To‘ldirgichlar va plastifikatorlar deganda nimani tushunasiz?
3. plastmassani ishlab chiqish usullari haqida ma’lumot bering.
4. rezinalar haqida ma’lumot bering.
Mustaqil amaliy ish
polimerlarning tuzilishi va tarkibini aniqlashga doir mashqlar bajarish.
Jihozlar
polimer namunalar.
Polimer materiallardan buyumlar yasash texnologiyalari
Polimer materiallardan istalgan shakldagi buyumlar: ip, plyonka, list 
trubalar tayyorlanadi. polimerlarni buyumlarga ay lantirishning asosiy usul-


53
lari quyidagilardan iborat: ekstruziyalash, bosim ostida quyish, odatdagi 
presslash, ya’ni quyma presslash, ko‘pirtirish, payvandlash, qizdirib puxta
-
lash, randalash va shu bilan birga stanoklarda qirindi kesib olish yo‘li bilan 
ishlash usullaridan iborat.
Polimer loyi hunarmandchilikda keng ishlatiladi. Polimer loyi plastik 
mahsulot bo‘lib, ko‘rinishi plastilinga o‘xshash bo‘lgan hidli massadan 
iborat. Barcha polimer loylari polivinilxlorid va suyuq plastik massani 
o‘z ichiga oladi. Polimer loyi turli ranglar bilan bo‘yalgan shaffof, yorqin 
toshga o‘xshaydi. Polimer loyini germaniyalik olima Fifi Rexbinder ix
-
tiro qilgan. loydan turli xil ko‘rinishdagi buyumlarni tayyorlash mumkin. 
masalan:
◊ Yodgorlik va zargarlik buyumlari.
◊ Kviling va gullar.
◊ Bayram sovg‘alari.
◊ Qo‘g‘irchoqlar, haykallar.
polimerdan tayyorlangan buyumlarni uzoq muddat saqlash mumkin. 
Loy bilan ishlaganda xavfli holatlar kuzatilmagan. Lekin toza va ozoda ish 
joyi har doim ham inson sog‘lig‘iga foydali hisoblanadi. 

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin