50
yum ishlab chiqariladi. Bu usulda olingan buyumlar zich, tekis va aniq
chiqadi.
Bosimsiz
quyish
. bosimsiz quyish quyma buyumlar olishda ishlatila-
di. plastmas saning tarkibiy qismlari aralashmasi suyuqlantiriladi va te-
gish li qoliplarga quyiladi, qotgandan keyin qolipdan ajratib olinadi va ke-
rakli qismlarga ishlov beriladi.
Presslash.
presslash
usulida qizdirilgan press-qolip bo‘shlig‘i ga tegish
-
li material solinib, bosim
bilan bosiladi. Qizdirilgan press material qolip
bo‘shlig‘ini to‘ldiradi va u qotgach bosim olinib, buyum ajratiladi.
Payvandlash
. Payvandlash usulida termoplastdan tayyorlangan detallar
elektr-kontakt usulidan foydalanib ulanadi. Termoreaktiv plastmassalarni
payvandlash esa yuqori chastotali tok yoki ultratovush orqali amalga oshi
-
riladi.
Plastmassa mahsulotlarining turlari.
Plastmassadan turli xo‘jalik, attorlik va madaniy tovarlar ishlab chiqariladi.
Xo‘jalik tovarlari ishlatilishi bo‘yicha idishlar ko‘zalar, non idishi, pat
-
nislar, tuzdon, elektr sovitkich idishlari, vannaxona va hojatxona buyumlari,
bog‘ va poliz anjomlari hamda uy jihozlariga (gultuvaklar, suyanchiqsiz
kursilar, parda dorlari) bo‘linadi.
Plastmassadan attorlik buyumlari: taroqlar, tugmalar, turli bezaklar va
pardoz-andoz buyumlari, turli o‘yinchoqlar, gullar, devonxona hamda fo
-
tografiya buyumlari kabi madaniy tovarlar ham ishlab chiqariladi. Mahsu
-
lotlar ishlab chiqarishda ularni bezararligi va yong‘in xavfsizligiga e’tibor
beriladi. Fenoplastlardan oziq-ovqat uchun ishlatiladigan idishlar ishlab
chiqarish taqiqlanadi. Ulardan ajralib chiqadigan fenol va formaldegid in-
sonning asab tizimiga salbiy ta’sir qiladi. Ammo plastmassalardan faqat
sovuq holatda iste’mol qilinadigan oziq-ovqat uchun ishlatiladigan idishlar
ishlab chiqarishga ruxsat berilgan. poliamidlardan issiqlikda ajralib chiqa-
digan kaprolaktan tomir nevrozi kasalligiga yo‘liqtirishi va jigar faoliyatiga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. polistirol o‘zidan issiq holatda asab tomir-
lariga zarar yetkazadigan stirol ajratib chiqaradi. oziq-ovqat buyumlari
uchun ishlatiladigan plastmassalarning sertifikati bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: