44
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. yog‘ochga ishlov berishda ishlatiladigan tokarlik stanoklarida
qanday buyumlar
yasaladi?
2. Shakldor buyumlarni tayyorlash ketma-ketligini aytib bering.
Mustaqil amaliy ish
Ustaxonadagi yog‘ochlarga ishlov beruvchi tokarlik stanoklarida shakldor buyumlar
tayyorlash.
Jihozlar
Yog‘ochga ishlov berish tokarlik stanoklari, yog‘och namunalari.
Muammoli topshiriq
Silindr shaklidagi rasmda ko‘rsatilgan buyumlarni yasashda tanlangan yog‘ochning
ko‘zi bo‘lsa, rejalashtirilgan shaklga erisha olish mumkinmi?
Yog‘och va boshqa materiallardan xalq hunarmandchiligi ish usullari
asosida buyum yasash. Salfetka uchun taglik yasash
markaziy osiyoda qadimdan hunarmandchilik taraqqiy etib kelgan. hu-
narmandlar xalqning ehtiyojidan kelib chiqib,
kerakli buyumlar yasagan
-
lar. Shahrixon, Urgut, Qo‘qon, Marg‘ilon, Chustda hunarmandlar alohida-
alohida mahalla bo‘lib yashaganlar, ya’ni hunarmandlar
qaysi kasb bilan
shug‘ullansalar, shu hunar nomi bilan mahalla nomi ham aytilgan. Chunon
-
chi, zargarlik bilan shug‘ullangan mahalla bo‘lsa “zargarlik mahallasi”,
pichoqchilik bilan shug‘ullansa “pichoqchilik mahallasi” deb yuritilgan.
O‘sha vaqtlarda miskarlik, zargarlik, bo‘yrachilik, tandirchilik, sandiqchilik,
pichoqchilik, aravasozlik, kulolchilik, toshtaroshlik, savatchilik mahallalari
mavjud bo‘lgan.