Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

77-rasm. 
Kavsharlagichlar: a – oddiy; b – to‘pponchasimon; d – bolg‘asimon.
a) b) d) 


94
kavsharlagichning uchini ish holatiga keltirish uchun uning uchidagi okis 
qop lamasini olish kerak. Uni olib tashlash uchun qumqog‘ozga flyus va 
kavshar joylashtirib, kavsharlagichning uchi kavsharga botiriladi va parallel 
ishqalanadi. Shunda qumqog‘oz okis qatlamini shilib oladi hamda birdaniga 
flyus va kavshar uning uchiga tegadi va qoplab oladi.
Ulanishning sifatli bo‘lishi uchun ulanadigan joylarga avval flyus yotqi-
ziladi va kavsharlagichning uchidagi erigan kavshar asta-sekin yotqiziladi. 
Agar detal katta bo‘lsa, unda uni obdan qizigunicha kutish kerak. Ulanadi
-
gan joylarga kavshar yotqizilgandan keyin ular bir-biriga jipslab tegiziladi 
va kavsharlagich bilan yana qizdiriladi. ikki tomondagi kavshar erigani-
dan keyin ulanadigan qismlarning orasiga, agar kerak bo‘lsa, yana kavshar 
yotqi ziladi va to qotgunicha qisib, qimirlatmay ushlab turiladi.
Detallarni bir-biriga tegizib ushlab turish uchun ombur, pinset yoki 
boshqa asboblardan foydalaniladi. kavsharlagichning uchiga kavshar olish
uchun uning qizigan uchini sovuq kavsharga tegiziladi va kavshar erib, 
kerak li miqdorda uning uchiga yopishib osilib qoladi.
Kislotali flyus bilan kavsharlangandan keyin, ulangan joy avval soda 
erit masi, keyin esa toza suv bilan yuvilishi lozim.
Elektromontaj ishlari
Elektrotexnika ishlari izolatsiya bilan qoplangan gorizontal qopqoqli 
stolda bajariladi. Elektromontaj asboblari o‘quvchining o‘ng tomoniga, ma
-
teriallar chap tomonga joylashtiriladi, bunda ko‘proq ishlatiladigan asboblar 
yaqinroq qo‘yiladi. 
Elektrotexnika ishlarini bajarishda Siz turli materiallar (sim, shnur, izo
-
latsiya materiallari, naychalar) va ish asboblari (otvyortka, pichoq, o‘tkir 
jag‘li ombur)dan foydalanasiz. 

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin